"Texmash" O‘zbekistonga maxsus harbiy vositalar yetkizib beradi

© TexmashSignal beruvchi va yorituvchi patronlar
Signal beruvchi va yorituvchi patronlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu haqidagi shartnomalar Ostonada bo‘lib o‘tgan KADEX-2016 to‘rtinchi qurol-yarog‘ yarmarkasida imzolandi.

TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. "Texmash" O‘zbekiston va Turkmanistonga signal beruvchi raketalar va o‘qotar qurollar granatametlari uchun maxsus patronlar yetkizib berish haqida shartnomalar imzoladi, deb xabar berdi kompaniya bosh direktori Sergey Rusakov.

Qozog‘istonning Ostona shahrida 2-5 iyun kunlari bo‘lib o‘tayotgan to‘rtinchi qurol-yarog‘ ko‘rgazmasida 40ta Rossiya harbiy mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalari qatnashmoqda.

“Bugungi kunda “Texmash” boshqaruvi ostida bo‘lgan korxonalar tomonidan Turkmaniston bilan signal beruvchi raketalar va granatametlar uchun qurol aslaha yetkizib berish haqida shartnomala tuzilgan. O‘zbekiston bilan esa, aviatsiya uchun pirotexnik mahsulotlar yetkizib berish borasida shartnoma tuzildi”, — dedi Rusakov.

Konsern matbuot xizmati xabar berishiga ko‘ra, KADEX-2016 ko‘rgazmasida infraqizil nishonlash va radiolokatsiyaga xalal beruvchi maxsus patronlar “Texmash” stendining asosiy eksponati bo‘ldi. Kompaniya ushbu mahsulotlarini birinchi marta chet davlatlarda namoyish qildi. Ushbu aslaha samolyot va vertoletlarni zamonaviy aniq nishionga oluvchi raketalardan himoya qilishga mo‘ljallangan.

“Texmash” ilmiy-ishlab chiqarish konserni “Rostex” davlat korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi korxona bo‘lib u qurol aslaha va maxsus kimoviy mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda konsern mahsuloti dunyoning 100dan ortiq mamlakatiga eksport qilinadi.

 

Yangiliklar lentasi
0