Afsonaviy bokschi Muhammad Ali vafot etdi

© REUTERS / Action Images / Sporting Pictures/FileAfsonaviy bokschi Muhammad Ali
Afsonaviy bokschi Muhammad Ali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muhammad Ali 74 yoshida kasalxonada vafot etdi.

TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Afsonaviy bokschi Muhammad Ali 74 yoshida AQSh kasalxonalaridan birida vafot etdi, RIA Novosti NBC News xabariga asosan.

Buyuk Britaniyaning Mirror nashri 3-iyun kuni 74 yoshli bokschi kasalxonaga Anafas olish bilan bog‘liq bo‘lgan xastalik tufayli Finiks shahri kasalxonasiga joylashtirilganini xabar bergan edi. Keyinroq, kasalxona doktorlari bokschi oila a’zolariga Muhammad Alining ahvoli juda og‘ir ekanligini xabar berishgan va uni hatto boshqa kasalxonaga ko‘chirishga ham ruxsat berishmagan.

Muhammal Alining olamdan o‘tganini NBC News telekanaliga bokschi oila a’zolari tasdiqlagan.

Muhammad Ali, asli ismi sharifi Kassius Marsellus Kley, 1942-yilda AQShning Arizona shtatida tug‘ilgan. 1960-yilda yarim og‘ir vaznda Olimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lgan. 1964-yilda Kassius Kley Islom dinini qabul qiladi va o‘z ismini Muhammad Ali deb o‘zgartiradi. 1964—74 yillarda professional bokschilar o‘rtasida og‘ir vaznda bir necha bor jahon chempioni bo‘lgan.

Muhammad Ali turli boks tashkilotlari va sport jurnallari tomonidan yilning eng yaxshi bokschichi, o‘n yillikning eng yaxshi bokschisi va 20-asrning eng mashhur sportchilaridan biri unvonlariga bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0