Jamiyat

Toshkent SHHT davlat rahbarlarini yangi chiroy bilan kutib oladi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Toshkentda boʻlib oʻtadigan SHHT davlat rahbarlari sammitiga sanoqli kunlar qolmoqda. Mehmonlarni munosib kutib olish uchun shahar oʻz qiyofasini jadal yangilamoqda.

TOSHKENT, 4 iyun — Sputnik. Toshkentda 23-24 iyun kunlari SHHT sammiti boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Sammit oldidan Toshkentda markaziy koʻchalarini kengaytirish, Oloy bozorini yangilash ishlari avjida.

Sputnik muxbiri xabar berishiga koʻra, Toshkent markaziy koʻchalarining ustki qoplamini  yangilash va kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Koʻchalar bilan bir qatorda, ularga yaqin boʻlgan hudular ham obodonlashtirilmoqda.

Bir tarafdan bu kutilayotgan nufuzli mehmonlar oldida Respublika obroʻsini koʻtarsa, ikkinchi tarafdan mehmonlar ketganidan keyin aholi uchun xizmat qiladi. Shahar koʻchalarining baʼzilari bir necha yildan beri taʼmirlash talab qilayotgan edi, mehmonlar tufayli ular ham obod boʻlib qolsa — yaxshi-da albatta.

Masalaning ikkinchi tomoni esa, bugungi kunda yoppasiga olib borilayotgan taʼmirlash ishlari shaharning bir necha gavjum koʻchalarini vaqtincha yopishga olib keldi. Bu albatta, mahalliy aholi uchun transport tirbandligi va boshqa noqulayliklar tugʻdiradi.

Noqulaylik imkon qadar kamroq boʻlishi uchun, mahalliy hukumat taʼmirlash ishlari boshlanishidan bir necha kun oldin kerakli choralarni koʻrgan. Yopiladigan koʻchalar roʻyxati tele va radio efir orqali eʼlon qilinib, odamlarni shaxsiy ulovlarini uyda qoldirib jamoat transportidan foydalanishga va  vaqtincha yurish mumkin boʻlgan aylanma yoʻllar haqida ham xabar berilgan. Ushbu noqulaliklar uchun mahalliy aholidan uzr ham soʻrashgan, albatta. 

Cabrning tagi sof oltin deganlaridek, barcha taʼmirlash ishlari 10 iyunga qadar yakunlanishi kerak, undan keyin esa, aholi yangi asfalt yotqizilgan, atroflari obodonlashtirilgan oynadek tekis yoʻllardan — maza qilib foydalanadi, xudo xoxlasa.

Yoʻldan tashqari Toshkent markazidagi mehmonlar borishi mukin boʻlgan joylar ham yangilanmoqda. Ulardan biri — Oloy bozori.  

Eski oliy bozori sobiq Ittifoq davrida uchburchik shaklidagi beton ustunlardan qurilgan va uni Oʻzbekona yoki sharqona uslub deb boʻlmasdi. Shuning uchun ham uni butunlay buzib tashlab yangi bozor binosi qurilishi bu shahar koʻrkiga koʻrk qoʻshadi. Aytishlariga qaraganda, yangi Oloy bozori binosi qadimiy sharqona usulda boʻlib naqshinkor yogʻoch ustunlar bilan bezatilar ekan. Bu albatta bozor koʻrkiga koʻrk qoʻshadi va mehmonlarga ham aholiga ham xush yoqishi kerak.

Undan Tashqari yaqin kunlar ichida Toshkentda Baxt koʻlida yangi istirohat bogʻi va plyaj ishga tushishi kutilmoqda, xullas, Toshkent koʻrki ochilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0