Qozog‘istonda 40 kunlik “o‘rtacha terrorchilik xavfi” tartibi e’lon qilindi

Obuna bo‘lish
Aholidan qarovsiz qolgan buyumlarga e’tibor berish, huquni saqlash organlari xodimlarining talablarini bajarish va kerak bo‘lganda ularga yordam berish so‘ralgan.

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Qozog‘istonda 40 kun davomida “O‘rtacha terrorchilik xavfi” tartibi kiritildi,  "Novosti—Kazaxstan" xabariga asosan.

O‘tgan oqshom noma’lum shaxslar Aktobeda qurol-yarog‘ do‘koniga va harbiy qismga hujum qilishgan. Hujum oqibatida 10dan ziyod kishi qurbon bo‘lgan.

Shaharda o‘tkazilgan tezkor antiterror operatsiyasi natijasida 12 terrorchi yo‘q qilindi. Ularning qolgan 6-7 sheriklari qidirilmoqda.

“Bo‘lib o‘tgan voqealarni hisobga olgan holda, respublika terrorchilikka qarshi kurash operativ shtabi raisi, Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Jumakanov V.Z. tomonidan Olma-Ota, Akmola, Aktube, Atirau, Sharqiy, G‘arbiy va Janubiy Qozog‘iston viloyatlarida, Astana va Olma-Ota shaharlarida 40 kunga "o‘rtacha terrorchilik xavfi" tartibi kiritildi”, — deyilgan xabarda.  

Aholidan vahimaga tushmaslik, davlat organlari xabarlariga asosan harakat qilish, qarovsiz qolgan buyumlarga e’tibor berish, huquni saqlash organlari xodimlarining talablarini tushungan holda qabul qilish va kerak bo‘lganda ularga yordam berish so‘ralgan.

Hujum uyushtirgan terrorchilar, radikal diniy oqimlar a’zolari ekanligi gumon qilinmoqda. Ular uyushtirgan hujumlar  oqibatida 10dan ziyod odam qurbon bo‘ldi, 9 kishi og‘ir ahvolda kasalxonalarga yotqizildi.

Vaziyatni Qozog‘iston prezidentining shaxsan o‘zi nazorat qilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0