Aktobeda huquni saqlash organlari 13ta terrorchini yo‘q qildi

© "Voditeli Aktobe" ZelloAktobedagi vaziyat
Aktobedagi vaziyat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Politsiya vakili xabar berishiga ko‘ra, terrorchilardan 7 kishi yashirinishga muvaffaq bo‘lgan, ayni damda ular qidirilmoqda.

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Qozog‘iston huquqni saqlash organlari Aktobeda 13 ta ekstremistni yo‘q qilshdi, to‘rt kishi yaralandi, dedi respublika IIV matbuot kotibi Almas Sadubayev.  

Politsiya vakili xabar berishiga ko‘ra, terrorchilardan 7 kishi yashirinishga muvaffaq bo‘lgan, ayni damda ular qidirilmoqda.

“Ichki Ishlar vazirligining barcha xodimlari kuchaytirilgan tartibda xizmat olib bormoqdalar. Shaharda va umuman respublikada vaziya tinch”, — dedi IIV vakili.

Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni bir guruh terrorchilar Aktobedagi qurol-yarog‘ magaziniga va harbiy qismga hujum qilishdi. Oqibatda olti kishi qurbon bo‘ldi, ulardan uchtasi tinch fuqarolar va uch kishi — harbiylar. Yana bir necha o‘nlab kishilar yaralandi.

Aktobeda bugun yuqori terrorchilik xavfi saqlanib qolmoqda. Terrorchilarni aloqadan  mahrum qilish uchun hududda internet o‘chirib qo‘ylgan. Bo‘lib o‘tgan voqealarga aloqador barcha terrorchilarning shaxsi aniqlangan. Shaharga kirish va chiqish yo‘llari jidddiy nazorat qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0