Toshkentda terrorchilik va ekstremizmga qarshi tadbir boshlandi

© Stranitsa "Kamolot" v Facebook"Kamolot" yoshlar harakati faollari
Kamolot yoshlar harakati faollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bunday tadbirlar ushbu yilning mart oyidan boshlab respublikaning barcha viloyatlarida yoshlar festivali doirasida bo‘lib o‘tdi. Toshkentdagi tadbir esa, ushbu loyihaning natijalarini umumlashtiruvchi yakuniy bosqichi bo‘ldi.

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Toshkentda uch kunlik “Diniy ekstremizm va terrorchilik – yoshlar kelajagi uchun xavf” nomli uch kunlik tadbir boshlandi, dedi “Kamolot” yoshlar tashkiloti vakilining xabariga ko‘ra.  

7-9 iyun kunlari Toshkent kollej va OTMlarida maxsus tadbirlar o‘tkaziladi. Tadbirlarda terrorizm va ekstremizmning odamzod va  kelajakdagi hayot uchun oqibatlari haqida hamda yoshlarni begona tushunchalardan himoya qilish haqida so‘z yuritiladi.

Bunday tadbirlar ushbu yilning mart oyidan boshlab respublikaning barcha viloyatlarida yoshlar festivali doirasida bo‘lib o‘tdi. Toshkentdagi tadbir esa, ushbu loyihaning yakuniy bosqichi sifatida va uning natijalarini umumlashtiradi.

“Bu bizning boshqa loyihalarimizdan farq qiladigan o‘ziga xos tadbirdir. Har bir tadbir boshida yoshlarga terrorchilk va ekstremizmning mohiyatini ochib beradigan hujjatli film ko‘rsatiladi. Ushbu filmda yoshlarning terrorchilik va ekstremizmga jalb qilish uslublari ochiq-oydin ko‘rsatib berilgan. Mutaxassislar buning oqibatlarini va bunday yo‘l qayerga olib borishini ham tushuntirib berishgan”, — dedi Bahodir G‘aniyev, “Kamolot” yoshlar harakati Markaziy kengashi raisi.  

Filmdan keyin mutaxassislar yoshlar bilan vatanparvarlik haqida suhbat olib borishadi. Bunda ularga respublikaning mashhur adiblari va ijodkorlari yordam berishadi. Ular norasmiy muloqotda hayotda turli holatlar yuz berishi mumkinligini, lekin doimo qonunga va ma’naviyatga rioya qilish kerakligini tushuntirib berishadi.

 

Yangiliklar lentasi
0