Istambulda avtobus bekatida portlash yuz berdi

© OZAN KOSE / AFPIstambul shahar ko‘rinishi.
Istambul shahar ko‘rinishi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Besh kishi jarohatlanishiga olib kelgan terakt politsiya avtobusiga qarshi qaratilgan bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Istambulda, avtobus bekati yaqinida portlash yuz berdi, besh kishi jarohatlandi, RIA Novosti Reyter xabariga asosan.  

Hodisa Istambulning markaziy qismida, "Veznedjiler" metro bekati yaqinida sodir bo‘ldi. Jurnalistlar xabariga ko‘ra, terrorchilar maqsadi politsiya avtobusi bo‘lishi mumkin.

Voqea joyiga bir necha tez yordam mashinalari yetib keldi, voqea tafsilotlari aniqlanmoqda.

Oxirgi vaqtlarda Istambulda sodir bo‘layotgan terrorchilik aktlari soni keskin ko‘paydi. Oxirgi terakt may oyida bo‘lgan edi. O‘shanda bomba Maltepe tumanida, osma yo‘l tagida portladi. Undan bir necha kun esa, sakkiz kishi jarohatlanishiga olib kelgan terakt bo‘lgan edi.

Bo‘lib o‘tgan teraktlar uchun javobgarlikni Turkiyada ta’qiqlangan Qurdiston Ishchi partiyasi o‘z zimmasiga oldi. Teraktlar Anqaraning qurd muxolifatchilariga qarshi qaratilgan maxsus operatsiyasiga javoban amalga oshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0