Voronejda O‘zbekiston Havo yo‘llarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi

Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Havo yo‘llarining Toshkent – Voronej yo‘nalishidagi parvozlari 14-iyunda boshlanadi.

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Toshkent Voronej yo‘nalishida parvozlar boshlanishi oldidan O‘zbekiston Havo yo‘llarinining delegatsiyasi tashrif buyurdi, nuz.uz xabariga asosan.

1-4 iyun kunlari Voronej xalqaro aeroportida bir necha rasmiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlar chog‘ida O‘zbekiston Havo yo‘llari vakillari va O‘zbekiston biznesi vakillari iqtisodiy aloqalar o‘rnatish maqsadida Rossiyaning Markaziy Chernozem hududining turli sohadagi vakillari bilan uchrashadi.

 

O‘zebkiston vakillari o‘z turistik imkoniyatlarini namoyish qilish bilan bir vaqtda Markaziy Chernozem hududining sayohlik imkoniyatlariga ham baho berishadi. Delegatsiya vakilari hudud mehmonxaonalari va sanatoriyalarida bo‘lishadi.  

“Voronej” aeroportining bosh direktori Aleksandr Belevich aerportda birinchi chet el aviakompaniyasi paydo bo‘lishiga katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Uniing so‘zlariga qaraganda, bu Chernozem regioni aholisiga butun Janubiy-Sharqiy osiyoga yo‘l ochib beradi. Belevich kelajakda aeroportda Gruziya va Ozarbayjon yo‘nalishlariga ham yo‘l ochilishiga umid bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent – Voronej yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar 14-iyundan boshlanadi. Kompaniya vakillari aytishiga qaraganda, parvozlar soni avval haftasiga bir marotaba bo‘ladi, keyn esa, ehtiyojga qarab, ularning soni oshirilishi mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0