TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Sovinformburo tashkil qilinganining 75-yilligiga bag‘ishlangan “Jurnalistikada yangi davr: meynstrim bilan xayrlashuv” nomli xalqaro mediaforumning ikkinchi kuni “Yangi media: axborot erkinligi kafolati” shiori ostida bo‘lib o‘tmoqda.
Axborot ustidan nazorat va monopoliya o‘rnatish imkoniyati mavjudligi — xalqaro mediaforum ikkinchi kunning asosiy mavzu bo‘ladi. Kunni Rossiya Aloqa va Ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Nikolay Nikiforov ochdi.
Forumda nemis jurnalisti Xubert Zaypelning “Putin: hokimlik mantiqi” kitobining taqdimot marosimi ham bo‘lib o‘tadi. Undan keyin Londandagi Ekvador elchixonasidan WikiLeaks asoschisi Julian Assanj bilan “Monopoliya tugadi: ochiq axborot asri” mavzusida maxsus tashkil qilingan video-ko‘prik bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Undan tashqari, “Rossiya Segodnya” axborot agentligi xodimlarini tabriklash uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelishi ham kutilmoqda.
Bugungi Rossiya axborot agentliklari asoschisi – Sovinformburo tashkil qilinganining 75-yilligiga bag‘ishlangan xalqaro mediaforumda AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Indiya, Xitoy va boshqa 30dan ziyod mamalkatdan kelgan jurnalistlar qatnashmoqda. Tadbir tashkilotchisi – “Rossiya Segodnya” xalqaro axborot agentligi.
"Rossiya Segodnya" — dunyo voqealarini tezkor va har tomonlama yorituvchi xalqaro axborot agentiligidir. Bugungi kunda uning tarkibiga RIA Novosti, R-sport, RIA Nedvijimost, Praym, RIA Reyting, Sputnik, InoSMI kabi axborot agentliklari kiradi. "Rossiya Segodnya" bugungi kunda Rossiya OAVlarida, ijtimoiy tarmoqlar va bloglarda iqtiboslar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab kelmoqda.