Toshkentda hashamatli Hyatt Regency mehmonxonasi ishga tushadi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishLogotip Hyatt Regency
Logotip Hyatt Regency - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qurilishi to‘rt yil oldin boshlangan Hyatt Regency mehmonxonasi bir haftadan keyin ishga tushadi. Mehmonxona rasmiy ochilish marosimi 15-iyunga mo‘ljallangan.

TOShKENT, 7-iyun – Sputnik. Poytaxtda yana bir hashamatli mehmonxona ochilishi 15-iyunda kutilmoqda, deb yozadi nuz.uz sahifasi.

Mehmonxona qurilishi 2012-yilda Toshkent shahar ma’muriyati va Hyatt International – xalqaro mehmonxonalar boshqaruvchisi bilan tuzgan shartnomadan boshlangan edi. Shartnomaga ko‘ra Hyatt mehmonxona qurilishida texnik nazorat, maslahat berish, mehmonxonni boshqarish va Hyatt Regency savdo belgisidan foydalanish xizmatlari ko‘rsatishi kerak edi.

Loyiha qiymati o‘sha vaqtda 113 mln $ ni tashkil qilardi va mehmonxona 2013-yilning to‘rtinchi choragida ishga tushishi rejalashtirilgan edi. Lekin turli sabablarga ko‘ra qurilish jarayoni cho‘zilib ketdi. Natijada loyihaga yana 205 mln $ moliya kiritildi. Sarmoyalar Hokimiyat mablag‘i, O‘zbekiston Rivojlanish va taraqqiyot  fondi hamda Xalq bankining krediti hisobiga amalga oshirildi.

23-24 iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan ShHT rahbarlari sammitiga tashrif buyurgan mehmonlarning bir qismi ushbu mehmonxonaga joylashtirilishi ko‘zda tutilgan.

hyatt.com sahifasida aytilishiga qaraganda mehmonxona Toshkentning qoq markazida, Navoiy ko‘chasi 1 uy manzilida joylashgan. Mehmonxonada jami 300 ta xona bo‘lib ular orasida 35ta diplomatik va prezident syutlari ham bor. Undan tashqari mehmonxonada anjuman va uchrashuvlar o‘tkazish uchun alohida markaz tashkil qilingan. U yerda jami 2300 kv.m anjumanlar va uchrashuv zallari bor. Mehmonxonaning eng katta ustunsiz anjumanlar zali maydoni 855 kv.m ni tashkil qiladi. 

© Sputnik / StringerSayt otelya Hyatt Regency Tashkent
Sayt otelya Hyatt Regency Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Sayt otelya Hyatt Regency Tashkent
Yangiliklar lentasi
0