Putin "Rossiya segodnya"ni 75-yillik yubiley bilan tabrikladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident so‘zlariga qaraganda, axborot agentligi tarixi 1941-yil iyunda Sovinformburo tashkil qilingan kunidan boshlangan.

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligiga tashrifi davomida jurnalistlarni tashkilotning 75-yillik yubileyi bilan tabrikladi. 

Prezidentning so‘zlariga qaraganda, axborot agentligi tarixi 1941-yil iyunda Sovinformburo tashkil qilingan kunidan boshlangan. Keyinchalik Sovinformburodan “Novosti” agentligi, RIA Novosti va nihoyat “Rossiya Segodnya” axborot agentligi.

“Turli yillar davomida ular bizning mamlakatni xalqaro media maydonida munosib tanitib kelishgan va doimo axborotni tezkor va to‘liq yetkizib berishga harakat qilishgan”, — dedi Putin.

Undan tashqari prezident jurnalistlar kollektivi ko‘plab halqaro unvon va sovrinlarga sazovor bo‘lganligini ham alohida aytib o‘tdi.
“Men “Rossiya Segodnya” kollektivini chin yurakdan tabriklayman va erishilgan yuqori darajani doimo shunday ushlab turishlarini va mamlakat jurnalistikasining boy an’analarini rivojlantirishni so‘rab qolaman”, — dedi Putin Xalqaro mediaforumda so‘zga chiqar ekan.

Prezident axborot agentligi “kelajakda ham, oldingi yillarda bo‘lgani kabi, mamalkatimizning ichki va tashqi siyosati, Rossiya iqtisodining sarmoyaviy fayzli ekanligi va bizning ko‘p millatli boy madaniyatimiz haqida so‘zlashda davom etadi va tinglovchilarni turli fikrlar va qarashlar bilan tanishtiradi”. “Men sizlarga yana bir bor minnatdorchilik bildirib yaqinlashib kelayotgan yubiley bilan tabriklamoqchiman”,-  dedi prezident.

"Rossiya Segodnya" — dunyo voqealarini tezkor va har tomonlama yorituvchi xalqaro axborot agentiligidir. Bugungi kunda uning tarkibiga RIA Novosti, R-sport, RIA Nedvijimost, Praym, RIA Reyting, Sputnik, InoSMI kabi axborot agentliklari kiradi. "Rossiya Segodnya" bugungi kunda Rossiya OAVlarida, ijtimoiy tarmoqlar va bloglarda iqtiboslar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0