Dunyoda

Djulian Assanj 21 asrda soʻz erkinligi va AQSH hukumatining Google bilan hamkorligi haqida

Djulian Assanj Londondagi Ekvador elchixonasidan turib “Jurnalistikada yangi davr: meynstrim bilan xayrlashuv” xalqaro mediaforumi qatnashchilari bilan video-koʻprik orqali nutq soʻzladi.

TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. WikiLeaks sayti asoschisi Djulian Assanj 21 asrda soʻz erkinliga haqida gapirar ekan, Google korporatsiyasi AQSH hukumati vakillari bilan juda yaqin munosobatda ekanligini taʼkidladi.  

Xususan, Google AQSH prezidentligiga nomzodlardan biri Xillari Klinton bilan juda yaqin aloqada ekanliginiva uning saylov kampaniyasida bevosta qatnashayotgani taʼkidladi.

Googlening sobiq direktori Erik Shmidt Xillari Klintonni internetda targʻib qiluvchi kompaniyaga rahbarlik qilmoqda.

Assanjning soʻzlariga qaraganda, bir vaqtning oʻzida, Shmidt Pentagonning innovatsiyalar qoʻmitasi raisi lavozimini ham egallab kelmoqda.

“AQSH davlat departamenti va Google bir-biridan foydalanishmoqda. Bu turli darajadagi integratsiya”, — dedi WikiLeaks sayti asoschisi.

Djulian Assanj soʻzlagan nutqning toʻliq matnini qoʻyidagi videolavhada rus tilida tomosha qilishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala