Urgenchda shoshilinch qo‘ngan samolyotda bomba yo‘q ekan

Obuna bo‘lish
Eng so‘nggi xabarlarga ko‘ra, Urgenchda qo‘ngan samolyotda portlovchi moslama topilmabdi. Urgench aeroporti va unga olib keluvchi yo‘llar haligacha yopiq.

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Misr aviakompaniyasining Urgenchda qo‘ngan samolyotida bomba yo‘q ekan, RIA Novosti Reyter xabariga asoan.

Qohiradan Pekinga uchayotgan EgyptAir aviakompaniyasi samolyoti, o‘rnatilgan bomba haqidagi anonim xabardan keyin, shoshilinch ravishda Urgench aeroportiga qo‘nganini xabar bergan edik.

O‘zbekiston Havo yo‘llari xabariga ko‘ra, Urgench aeroporti haligacha yopiq. Aeroprtga keladigan yo‘llar ham berkitilgan. Samolyotni tekshirish davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0