Jamiyat

Facebook Ramazon haqida nima deydi ?

© Sputnik / Amir Isayev, STR / Mediabankka oʻtishPrazdnovaniye Uraza-Bayram v Dushanbe
Prazdnovaniye Uraza-Bayram v Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Sputnik Uzbekiston muxbiri, Facebook ijtimoiy tarmogʻi foydalanuvchilarining fikri bilan tanishib chiqdi va Ramazon oyini foydali oʻtkazish uchun bir necha maslahat topdi.

TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Butun dunyo musulmonlari muqaddas Ramazon oyiga qadam qoʻyishdi. Ushbu yilgi roʻza, Yevropa aholisi uchun eng uzoq choʻziladigan roʻza boʻladi, chunki yilning eng uzoq davom etadigan kunilari ayni shu damga toʻgʻri keladi.  

Zamonaviy olimlar bir ovozdan — musulmon roʻzasi sogʻliqqa foyda, deyishmoqda. U inson tanasini keraksiz moddalardan tozalar ekan. Umuman olganda, qayerda ishlashingiz yoki hayt tarzingiz muhim emas, har biri kishi Ramazonni sogʻliqqa foyda bian oʻtkazishi mumkin ekan.

Ramazon oyiga oldindan tayorgarlik koʻring

© AFP 2022 / AMER ALMOHIBANYRamzon oyiga oldindan tayorgarlik koʻring
Ramadan - Sputnik Oʻzbekiston
Ramzon oyiga oldindan tayorgarlik koʻring

“Roʻza boshlanishidan bir necha kun oldin har kuni bir necha soat davomida ovqat va suvdan voz keching. Avval uch soatga, keyin 5 soatga va ho kazo. Shunda ramazon oyini oʻtkazish oson boʻladi, Facebook foydalanuvchisi Xanna Abdulla.

Fajrdan oldin uygʻonib nonushta qiling

© AFP 2022 / BRENDAN SMIALOWSKI BRENDAN SMIALOWSKINonushta
Zavtrak - Sputnik Oʻzbekiston
Nonushta

“Koʻp jismoniy mehnat qiladiganlar uchun koʻp oqsil moddasi kerak boʻladi. Shuning uchun ular iftorga koʻproq oqsilli ovqat yeyishi kerak. Men iftor vaqti proteinli (oqsilli) kokteyl ichaman. Tuni bilan esa koʻproqsuv ichishga harakat qilaman. Kechqurun esa smuzi, tuxum  va granola yeyman”, — dedi amerikalik bloggerlardan biri.

Koʻproq suv iching

© AFP 2022 / NICOLAS TUCATKoʻproq suv iching
Stakan s vodoy - Sputnik Oʻzbekiston
Koʻproq suv iching

Havo issigʻida suvsiz qolmaslik uchun, suxur va iftor orasida toʻyib skuv iching. Bir ichishda iik stakan suv iching.

Oqsilli kokteyllar iching.

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Mediabankka oʻtishOqsilli kokteyllar iching
Moloko. Illyustrativnoye foto. - Sputnik Oʻzbekiston
Oqsilli kokteyllar iching

“Men iftor vaqtida, uxlash oldida va nonushta vaqtida bir stakandan proteinli kokteyl ichaman”, — dedi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Yusuf.

Yogʻ va uglevodlarni ham esdan chiqarmang.

© IA «Jaxon» / Anvar IlyasovYogʻ va uglevodlarni ham unutmang
Uzbekskaya natsionalnaya yeda - Sputnik Oʻzbekiston
Yogʻ va uglevodlarni ham unutmang

Ramazon vaqtida turli yongʻoq va donli mahsulotlar isteʼmol qilish – juda foydali. Bunday ovqat sekin asta hazm boʻladi va uzoq vaqtga yetadi.

Issiq suyuq ovqat yeyishni unutmang.

© Sputnik / Vadim ShekunIssiq shoʻrva - oshqozon davosi!
Uzbekskaya kuxnya polzuyetsya u moskvichey osobennoy populyarnostyu. Yey otdayut predpochteniye mnogiye zvezdы rossiyskoy estradы. - Sputnik Oʻzbekiston
Issiq shoʻrva - oshqozon davosi!

Issiq suyuq ovqat oshqozonga foyda va qiyin hazm boʻladigan ovqatlarini koʻp yeyishni oldini oladi.

Ish rejangizni toʻgʻri tashkillashtirib oling.

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka oʻtishIsh rejangizni toʻgʻri tashkil qilib oling.
Korporativnыy stil - Sputnik Oʻzbekiston
Ish rejangizni toʻgʻri tashkil qilib oling.

Ishxonangizda ish rejangizni toʻgʻri rejalashtirib oling. Iloji boʻlsa ishga suxurdan keyin darhol kelib, yoʻllarda tirbindlik boshlanmasdan, ertaroq uyga qayting.

Oilangiz bilan koʻproq vaqt oʻtkazing.

Oila aʼzolari va yaqinlar bilan birgalikda ramazonni oʻtkazish unga oʻzgacha fayz bagʻishlaydi.

Ochlik yokin chanqash haqidagi fikrlardan chalgʻishni oʻrganing.

“Bu juda gʻalati, lekin men Ramazon oyida pazandalik haqidagi koʻrsatularni tomosha qilishni yaxshi koʻraman. Bu yeydigan taomlarimizni yanada koʻproq qadrlashga sabab boʻladi”, — deydi Husayn Kesvani Facebook sahifalarida.

Ushbu ishlarni nima uchun qilayotganingiz haqida oʻylab koʻring.

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka oʻtishUshbu ishlarni nima uchun qilayotganingizni unutmang
Regionы Rossii. Krыm - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu ishlarni nima uchun qilayotganingizni unutmang

“Men oʻzim “bu menga nimaga kerak?” degan savol beraman. Och qolish bu men uchun oʻz taʼnam va ehtiroslarim ustidan nazorat qilish degani. Ramazon meni oʻz his tuygʻularimni nazorat qilishga oʻrgatadi. Och qolganda buni amalga oshirish ikki baravar qiyn. Ana shu men uchun asosiy sabab”, — deydi Fotima Moxi-Eldin ijtimoiy tarmoqda.

Facebookning yana bir foydalanuvchisi “Men amerikada, barcha sharoitlar va konditsioner boʻlgan uyimda turib bir yilda 30 kun davomida ochlik his qilaman. Ona vatanim Pokistonda esa odamlar elektrsiz, jazirama issiqda, yil boʻyi shunday sharoitda yashaydi”, — dedi.

Dam oling "planking" bilan shugʻullaning

“Ramazon vaqti men qiladigan ajoyib ishlardan biri bu – planking. Men tez-tez yerga qornim bilan yotib, uzoq vaqt shunday qolishga harakat qilaman. Aytgancha, bunday holatda qorin kamroq “hushtak  chaladi”, — deydi facebook aʼzosi.

Juda xoxlagan narsalaringizni qogʻozga yozib oling.

Ramazon vaqtida biror nimani xoxlab qolsangiz – uni yon daftaringizga yozib oling. Ramazon tugaganidan keyin uni istamay qolishingiz mumkin.

Sportni unutmang

Faol jismoniy harakat qilishni hech qachon unutmang. Koʻproq sayr qilishga harakat qiling. Yoz tunlari juda yoqimli-ku.

Uyqu

© sergej xarkonnenUyqu
Spyaщiy v elektrichke passajir - Sputnik Oʻzbekiston
Uyqu

Ramazon vaqtida koʻproq uxlash kerak. Kun tartibingizni shunday tuzing-ki, uxlashga koʻproq vaqt qolsin. “Men ishdan kelgan zamonim ikki soat uxlab olaman. Keyin esa tungi soat 11 dan 4 gacha uxlayman”, — deydi Facebook ijtimoiy tarmoq aʼzosi.

Yangiliklar lentasi
0