Jamiyat

IDga qoʻshilmoqchi boʻlgan ekstremistlar guruhi qamaldi

© Collage Sputnik / Jeshu JohnTaʼqiqlangan materiallarni tomosha qilish
Taʼqiqlangan materiallarni tomosha qilish - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ayblanuvchilar 6 yildan 9 yilgacha qamoq jazosiga mahkum qilindi. Ular orasidagi ayol kishi esa – ikki yil shartli qamoq jazosi oldi.

TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Samarqand viloyati Poyariq tumanida yashovchi,  kelajakda “Islom davlati”ga qoʻshilishni rejalashtirayotgan, ekstremistlar guruhiga sud hukmi oʻqildi.

Sputnik muxbiri olgan xabariga koʻra, Poyariq tumanida yashovchi Azizxon Nosirov va uning sherigi Ravshan Poʻlatov, Qirgʻiziston fuqarosi boʻlgan “Abdullo” ismli shaxsdan ichida ekstremistik materiallar boʻlgan elektron axborot manbasi oladi. Keyin ular atrofdagilardan shariat qonun-qoidalariga amal qilishni talab qila boshlaydi.

“Gashtak” oʻtkazish bahonasida ular Sardor Saidaliyev, Muzaffarxon Maxmudov, Hasan Poʻlotov va Kamola Abdullayevalarni oʻz uylariga taklif qilishadi. U yerda ular birgalikda radikal ekstremizm gʻoyalarini oʻrganish va targʻib qilish bilan shugʻullanishadi. Shu bilan bir vaqtda ular Suriya huduiga borib “Islom davlati” terrorchilik tashkilotiga qoʻshilish rejasini tuzishadi.  

“Buning uchun yuqorida aytib oʻtilgan shaxslar doimiy ravishda Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali “Muazo” ismli shaxsning targʻibotlarini tinglashadi. “Muazo” “Islom davlati” jangarilarni ragʻbatlantirib turuvchi va ular bilan birga jang qilayotgan shaxslardan biridir”, — dedi sud vakili.

Oʻzbekiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi oʻtkazgan tadbirlar natijasida guruhning jinoiy faoliyati toʻxtatiladi. Maxsus xizmat xodimlari ularning turar joyidan koʻp miqdorda ekstremistik adabiyotlar va Oʻrta Osiyo hamda Oʻzbekiston hududida islom davlati tashkil qilish mazmunidagi targʻibotlar saqlanayotgan elektron axborot vositalari  topishadi.

Sudda ayblanuvchilar oʻz ayblariga toʻliq iqror boʻlishdi. Koʻrib chiqilgan ish yuzasidan guruh aʼzolariga 6 yildan 9 yilgacha qamoq jazosi belgilandi. Kamola Abdullayeva boʻlsa – ikki yil shartli qamoq jazosi oldi.

Yangiliklar lentasi
0