Rossiya - O‘zbekiston to‘qimachilik qo‘shma korxonasi tashkil qilinadi

© Sputnik / Mixail KlimentyevRossiya va O‘zbekiston bayroqlari
Rossiya va O‘zbekiston bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga qo‘shma korxona tuzish va yarim-tayor mahsulot yetkizib berish masalalarini muhokama qilish uchun yetib keldi.

TOShKENT, 10-iyun – Sputnik. Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Viktor Yevtuxov boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga yetib keldi, Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi xabariga asosan.

Rossiya delegatsiyasi O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov, Tashqi Iqtosodiy Aloqalar va Investitsiyalar vaziri  bilan muzokaralar olib boradi. Undan tashqari delegatsiya respublikaning bir necha paxta zavodlariga tashrif buyurishni ko‘zda tutgan. Delegatsiya tarkibida Rossiyaning bir necha to‘qimachilik kombinatlari vakillari bor.

Rossiya armiyasiga yangi olingan soldatlar kema kayutasida joylashmoqda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston to‘qimachilari Rossiya armiyasiga kiyim-bosh tikadilar

Savdo vakolatxonasi vakilining so‘zlariga qaraganda, tomonlar Rossiyada qo‘shma korxona tashkil qilish imkoniyatini o‘rganib chiqishadi. Ushbu korxona O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik yarim-tayor mahsulotlari asosida, yuqori qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqaradi.

O‘zbekistondagi Rossiya savdo vakolatxonasi xabariga ko‘ra, 2015-yilda Rossiya paxta tolasi importining 60% O‘zbekiston mahsulotiga to‘g‘ri keldi. Mahsulot hajmi 74 ming tonnani tashqil qildi.

Yangiliklar lentasi
0