AQSh senati Rossiyadan 18 ta RD-180 raketa dvigateli sotib olish haqidagi shartnomani tasdiqladi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishRD-180 raketa dvigateli
RD-180 raketa dvigateli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
RD-180 dvigateli o‘zining dunyodagi raqobatdoshlaridan 60%ga ixcham va texnik-iqtisodiy jihatdan samarali.

TOShKENT, 11 iyun — Sputnik. AQSh Rossiyadan RD-180 rusumli raketa dvigatellari sotib olishda davom etadi, bu haqda senator Richard Shelbi Sputnik muxbiriga xabar berdi.

“Biz 2022-yilgacha 18ta raketa dvigateli sotib olish haqidagi bitim masalasini ma’qulladik”, — dedi Shelbi.

Bir necha kun oldin Rossiyaning “Energomash” AJ bo konstruktori Vladimir Chvanov AQShga 18 ta RD-180 rusumli raketalar yetkizib berishga tayor ekanligini ta’kidlagan edi.

Rossiyaning RD-180 dvigatellari AQSh Harbiy havo kuchlari va NASA o‘tkazayotgan ilmiy tekshiruvlar uchun uchriladigan Atlas V raketasiga o‘rnatiladi.

Raketalarning birnchi bosqichini atmosferaning yuqori qatlamlariga olib chiqish uchun mo‘ljallangan RD-180 dvigateli sobiq Ittifoq davrida 1970-yillarda ishlab chiqarilgan RD-170 dvigatelining qisqartirilgan ko‘rinishidir (yarimtasi). Ushbu dvigatel o‘zining dunyodagi raqobatdoshlaridan 60%ga ixcham va texnik-iqtisodiy jihatdan samarali.

Yangiliklar lentasi
0