Rossiya Kuni bayrami nimaga bag‘ishlangan?

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishRossiya bayrog‘i va Kreml minorasi
Rossiya bayrog‘i va Kreml minorasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Kuni – Rossiya davlatchiligi tarixida yangicha rivojlanish davrining boshlanishiga bag‘ishlangan bayramdir.

TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Bugun 12-iyun — Rossiya kuni bayrami. Bayram tarixiga nazar solsak, uning asosida 1990-yilning 12-iyunidagi voqealar yotadi.

O‘shanda RSFSR Xalq deputatlari kengashi Rossiya davlat suvereniteti haqidagi Deklaratsiyani qabul qilgan edi. Bu Rossiya Federatsiya suvereniteti yo‘lida qo‘yilgan ilk qadam bo‘ldi.

Ushbu hujjatda qayd etilgan asosiy fikr, davlat va jamiyat hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarni hal qilishda, Rossiya, bundan buyon, mustaqil huquqga ega bo‘lgani, mamlkatda Rossiya  Konstitutsiyasi va qonunlarining ustuvorligi, barcha fuqarolar, siyosiy partiyalar va ijtimiy tashkilotlar bir xil huquqga ega ekanligi tasdiqlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin RSFSR va sobiq Ittifoqning barcha respublikalari Konstitutsiyasi va huquqlaridan SSSR qonunlari ustun turar edi. Ijtimoiy hayotda esa — yagona kommunistik partiya faoliyat ko‘rsatar edi.

Ayni shu vaqtda davlatning yangi nomi – Rossiya Federatsiya (Rossiya) deb o‘zgartirildi va davlatning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. 1991-yilda birinchi umumxalq prezident saylovi bo‘lib o‘tdi va unda Boris Yelsin g‘olib chiqdi.

12 iyun 1994-yilda Deklaratsiya qabul qilngan kun deb qayd etildi, 1998-yildan boshlab esa — Rossiya Kuni deb atala boshladi. 2002-yilda Rossiya Kuni rasman dam olish kuniga aylantirildi.

Rossiya Kuni mamalkatda katta tantana bilan nishonlanadi: katta shaharlarda turli tantana, parad va konsertlar o‘tkaziladi. Bayram tadbirlarini kun kechida – uzoq davom etadigan mushakbozlik bilan yakunlash an’anaga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0