Orlando tungi klubida 42 kishi jarohatlandi, qurbonlar ham bor

© AFP 2023 / KENA BETANCUR Amerika politsiyasi xodimlari
Amerika politsiyasi xodimlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki xabarlarga ko‘ra bir necha kishi qurbon bo‘lgan, 45 kishi jarohatlangan. Jinoyat uyushtirgan shaxslar yo‘q qilingan.

TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. AQShning Orlando shahridagi Pulse nomli gey-klubiga noma’lum shaxslar o‘qotar qurollar bilan hujum qilgan va bir necha kishini garovga olgan, AQSh OAVlari xabari asosida.

Voqea sodir bo‘lgan joyga o‘nlab politsiya va tez yordam mashinalari yetib kelgan. Orlando politsiyasi xabariga ko‘ra voqeada yaralanganlar va qurbon bo‘lganlar bor. Habarga ko‘ra, hujum qilganlardan biri yo‘q qilingan. 

Sky News xabariga ko‘ra, hujum qilganlar klubda kamida 25 kishini jarohatlagan. WFTV knali xabariga ko‘ra shahar kasalxonalariga 40 kishidan ziyod odam turli jarohatlar bilan yotqizilgan.

“Politsiya rahbari Jon Min aytishiga ko‘ra “qurbolar ko‘p”, 42 kishi kasalxonalarga yotqizilgan, — dedi Orlando shahar hokimi Baddi Dayer jurnalistlarga.

Bugungi kun davomida, ushbu hodisa Orlando shtatida bo‘lib o‘tgan ikkinchi ko‘ngilsiz voqeadir. Biroz oldin Kevin Jeyms Loybl ismli kishi Amerikaning “Ovoz” nomli ko‘rsatuvi yulduzi, Kristina Grimmiga avtograf tarqatish vaqtida ikki pistoletdan bir necha marta o‘q uzgan. Grimmi bir necha soatdan keyin kasalxonada vafot etdi.

 

Yangiliklar lentasi
0