O‘nlab kishi qurbon bo‘lgan Orlandodan videolavha

Obuna bo‘lish
Oxirgi olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Orlandlodagi tungi klubga uyushtirilga hujum vaqtida 50 kishi qurbon bo‘ldi va 53 kishi yaralandi. Voqea joyidan olingan videolavhamizni tomosha qiling.

TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Bugun AQShning Florida shtatidagi Orlando shahridagi tungi klublardan biriga qurollangan kishi hujum qildi.

O‘qortar qurol va portlovchi moslama bilan qurollangan terrorchi hujumi oqibatida 50 kishi qurbon bo‘ldi 53 kishi yaralandi, deb xabar berdi shahar hokimi Baddi Dayer.

Dastlab olingan xabarlarga ko‘ra qurbonlar soni 20 kishi edi.

Guvohlar aytishiga qaraganda, hujum vaqtida klubga 100 ga yaqin kishi bo‘lgan. Terrorchi politsiyaga 3 soat davomida qarshilik ko‘rsatgan.

CBS telekanali xabariga ko‘ra, tungi klubdagi otishmaga Omar Martin ismli AQSh fuqarosi sababchi bo‘lgan.

AQSh kongressi a’zosi Piter Kingning so‘zlariga qaraganda  Omar Martin asli Afg‘onistondan kelib chiqqan bo‘lib, u qurol ishlatish bo‘yicha maxsus tayorgarlikdan o‘tgan.

Ushbu terrorchilik AQSh hududida 2001-yil 11-sentabr voqealaridan keyin sodir bo‘lgan eng katta terakt bo‘lishi mumkin. Ushbu terrorchilik, ertangi kunda, AQSh Afg‘oniston hududa terrorchilikka qarshi kurashda o‘z faolligini oshirishi uchun sabab yoki asos bo‘lishi mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0