Orlandodagi otishma: geylarga bo‘lgan nafratmi yoxud "ID" ta’siri?

© Sputnik / Aleksey Agarishev / Mediabankka o‘tishAQSh politsiyachilari
AQSh politsiyachilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh fuqarosi Omar Matin tomonidan Floridadagi tungi klublarning birida uyushtirilgan otishma tufayli rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 50 kishi halok bo‘lgan, yana 53 nafari og‘ir jarohatlangan.

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Orlandoda yuz bergan hodisa sabablari hali noma’lumligicha qolsa-da, ammo jinoyatchi hayotidan ayrim tafsilotlar ommaga ma’lum qilinmoqda, RIA Novosti xabari asosida.

Xullas, Matin ommaviy qotillikka "Islom davlati" terrorchilik uyushmasiga aloqadorligi tufayli qo‘l urgan, degan taxminlar mavjud.

Eng yirik otishma

Orlando meri tomonidan o‘tkazilgan matbuot-anjumanida tungi klubda yuz bergan otishma tufayli qurbonlar soni 50 nafarga yetgani to‘g‘risida ma’lumot berildi. Bundan oldin esa hujum oqibatida klubda 20 kishi qurbon bo‘ldi, deya xabar qilingan edi.

Amerika politsiyasi xodimlari - Sputnik O‘zbekiston
Orlando tungi klubida 42 kishi jarohatlandi, qurbonlar ham bor
Orlandoda yuz bergan ushbu fojia AQSh tarixidagi eng yirik ommaviy otishma sifatida qayd qilinishi mumkin. Bugunga qadar 2007-yilda Virginiya Texnologiya institutida ro‘y bergan hodisa shu maqomni egallab kelayotgandi. O‘shanda 23 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Okrug sherifi Jerri Demings hozirda ushbu jinoyat yuzasidan "mahalliy terrorchilik" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Terrorning aloqasi bormi?

Fojia yuz bergach, Matinning "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi bilan aloqadorligi haqida taxminlar ilgari surilgan edi. Reyter agentligi xabariga ko‘ra, yuz bergan hujumdan bir necha soat o‘tgach, "ID" ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olgan.

Ammo AQSh hukumati Omar Matinning hatti-harakatlarini "ID"ga bog‘lashga shoshilmayaptilar.

Shunday qilib, AQSh prezidenti Barak Obamaning so‘zlariga qaraganda, yuz bergan fojia terakt va nafrat aktidir. "Merganning hatti-harakati sabablari noma’lumligicha qolmoqda", — deya aniqlik kiritdi Obama.

Bundan tashqari, Florida shtati senatori Bill Nelson ham AQSh hukumati Orlandodagi tungi klubda yuz bergan otishma uchun "ID" terrorchilari javobgarligini tasdiqlay olmasliklarini ta’kidladi.

"ID"ga sodiq axborot agentliklaridan biri ayni vaqtda Orlandodagi terakt uchun "ID" javobgarlikni o‘z bo‘yniga olayotgani haqida ma’lumotni chop etdi. Ammo hozircha bu xabar o‘z tasdig‘ini topgani yo‘q. Biz fojia tafsilotlari ma’lum bo‘lishi hamon terak va "ID" aloqadorligini tekshirib ko‘ramiz", — dedi Nelson.

Shuni ta’kidlash joizki, mergan Omar Matin AQSh huquqni muhofaza qilish organlariga notanish emas. FBR bayonotiga ko‘ra, qotil 2013-yildayoq ular nazariga tushgan.

2013 yilda o‘z hamkasblari bilan aytishib qolgan Matin gap orasida terrorchilar bilan aloqadorligi haqida shama qilgan va shu sababli FBR ro‘yhatiga tushgan.

Ammo Matinning terrorchilar bilan aloqadorligi o‘z isbotini topmagach, ushbu hodisa yuzasidan tergov ishi yopilgan edi. FBR agentlari qotil bilan suhbat o‘tkazib, uning jamoatchilik uchun xavf tug‘dirmasligi haqida xulosa qilishgan edi.

Gomofob?

O‘z navbatida, qotilning otasi Saddik Matin (AQShdagi afg‘on sputnik telekanallaridan birida boshlovchi bo‘lib ishlaydi) o‘z o‘g‘lining harakatlari "dinga aloqador emas"ligi haqida ta’kidladi.

Orlandodan videolavxa - Sputnik O‘zbekiston
O‘nlab kishi qurbon bo‘lgan Orlandodan videolavha
NBC News telekanali xabariga ko‘ra, merganning otasi o‘z o‘g‘lining bir jinsli nikohlarning ommaviylashuviga nisbatan bir necha bor keskin munosabat bildirgani haqida aytib o‘tgan.

Florida shtatidan bo‘lgan senator, AQSh prezidentligiga sobiq nomzodlardan biri Marko Rubio SNN telekanaliga bergan intervyusida Orlandodagi otishma ekstremistlarning ishi bo‘lib, geylar jamiyatiga qarshi qaratilganini ta’kidladi.

"Bu, shubhasiz, terrorchilik akti… Radikal islomchilar boshqa mamlakatlarda geylarga nisbatan qanday munosabatda ekanliklarini ko‘rib turibmiz", — degan Rubio.

O‘z navbatida, AQShdagi eng yirik musulmon tashkilotlaridan biri Orlandodagi gey klubga uyushtirilgan hujumni qoralab chiqdi.

Rasmiy munosabat

Orlandodagi holat tufayli ko‘plab amerikalik mansabdorlar o‘z rasmiy ish grafiklarini qaytadan ko‘rib chiqishdi. Misol uchun, AQSh prezidenti Barak Obama 15-iyunga belgilangan saylovoldi safarini bekor qildi. Prezident buyrug‘iga asosan, terakt qurbonlari xotirasiga AQSh davlat bayroqlari tushirildi.

O‘z navtabida, AQSh Adliya va milliy xavfsizlik vazirlari — Loretta Linch hamda Jey Jonsonlar dushanba kunga belgilangan xitoylik hamkasblari bilan uchrashuvni bekor qilishdi.

AQShga Rossiya prezidenti Vladimir Putin, YeI diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu, Britaniya TIV rahbari Filip Xammond va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modilar chuqur hamdardlik bildirishdi.

Tramp va Klintonlar ham ortda qolishmadi

Amerika prezidentligi uchun nomzodlar — Xillari Klinton va Donald Tramplar ham ro‘y bergan hodisadan ortda qolishmadi.

Teraktdan so‘ng demokratlardan prezidentlikka nomzod bo‘lgan Klinton xavfli jinoyatchilar uchun qurol-yarog‘ni ta’qiqlash kerakligi haqida gapirdi. Bundan tashqari, u terrorchilikka qarshi yanada qat’iyroq kurashish lozimligini aytdi.

AQSh prezidentligiga respublikachilardan nomzod bo‘lgan Donald Tramp esa Ordandoda yuz bergan jinoyatga radikal islom terrorizmining o‘ziga xos ko‘rinishi, deya baho berdi va amerikaliklarni yanada qat’iy hamda hushor bo‘lishga chaqirdi. "Radikal islomchilar ekstremizmi borasida aytgan fikrlarim to‘g‘riligi borasida yo‘llangan tabriklarni qadrlayman. Ammo hozir qutlovlarning o‘rni emas. Men qat’iy va xushorlikni xohlayapman. Biz aqlliroq bo‘lishimiz darkor!", — deb yozgan milliarder o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi mikroblogida.

Donald Tramp, shuningdek, Obama va Klintonni "radikal islom"degan iborani atay tilga olmaganliklari uchun koyidi. Va aynan shu holat Obamaning iste’fo berishiga sababa bo‘la olishini aytdi. Shuningdek, mabodo Xillari Klinton ushbu iborani ayta olmas ekan, prezidentlik poygasidan chiqishi lozimligini qo‘shimcha qildi.

Tramp, Orlandoda yuz bergan hodisa "bu hali boshlanishi" ekanligini takrorlab, yana bir bor AQShga musulmonlarni kiritmaslikni taklif qildi.

Yangiliklar lentasi
0