Jamiyat

Simyogʻochga urilgan avtobus haydovchisi ishdan haydalishi mumkin

Avtobus haydovchisining taqdiri rasmiy ekspertiza natijalari olinganidan keyin hal qilinadi. Hozircha u vaqtincha ishdan chetlashtirilgan.

TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Oʻtgan hafta Beshqayrogʻochda sodir boʻlgan avariyada №53 raqamli shahar yoʻlovchi avtobusi simyogʻochga urilib jiddiy shikastlangan, bir necha yoʻlovchi jarohatlangan edi, deb yozadi nuz.uz nashri.

YTH rasmiy ekspertizasi natijalari hali tayor emas. Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda, issiqdan haydovchi rostdan ham oʻzini yomon his qilgan, shuning uchun u transport vositasi ustidan nazoratni yoʻqotgan – deb 18 18-avtobus parki direktori oʻrinbosari Javohir Ahmedovning soʻzlarini keltiriadi nashr.

Ahmedov aytishiga qaraganda, haydovchi tezlikni oshirmagan, hech kimni quvib oʻtmagan, YTH vaqtida avtobus tezligi 51 km/soatni tashkil qilgan. Avtobus ichida 15 yoʻlovchi boʻlgan, ulardan 4 kishi jarohatlangan, qubobnlar yoʻq.

YTH oqibatlari - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Shahar avtobusi katta tezlikda elektr ustuniga borib urildi

Ahmedovning soʻzlariga qaraganda, haydovchi taqdiri rasmiy ekspertiza natijalariga qarab hal qilinadi. Hozircha avtopark xodimi vaqtincha ishdan chetlatilgan. Ekspertiza natijasida uning aybi aniqlansa — u ishdan boʻshatilishi aniq.

Direktor oʻrinbosari aytishiga qaraganda, YTH natijasida avtobus jiddiy zarar koʻrmagan va yaqin orada taʼmirlanib ishga tushadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala