Jamiyat

Rossiya birinchi bor "Yumshoq kuch"li mamlakatlar reytingida 30 oʻrinni egalladi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Fotobankka oʻtishRossiya bayrogʻi rangidagi havo sharlari
Rossiya bayrogʻi rangidagi havo sharlari - Sputnik Oʻzbekiston
"Yumshoq kuch" (soft power) - bu bir mamlakatning boshqa mamlakatlarga oʻz madaniyati, jamiyatidagi qadr-qimmat va tashqi siyosat orqali taʼsir oʻtkazishi, qurol yoki pul bilan emas.

TOSHKENT, 14 iyun —Sputnik. Britaniyaning Portland PR-agentligi dunyodagi “yumshoq kuch”ga ega boʻlgan 30 mamlkat reytingini tuzdi. Ushbu reyting aʼzolari boshqa mamlakatlarga oʻz jamiyatlarida mavjud boʻlgan qadr-qimmat orqali taʼsir oʻtkazadi, qurol yoki pul bilan emas, deb yozadi “Kommersant” nashri.

Reyting rasman eʼlon qilinishidan oldin jurnalistlar unda Rossiya 27-oʻrinni egallaganidan xabar topishdi. Bunga Rossiyaning Donbass mojarosidagi oʻrni va “Islom davlati”ga qarshi kurashdagi faoliyati sabab boʻldi. Oldin Rossiya ushbu reytingda 50-oʻrinni  egallagan edi.

2016 yilda “Yumshoq kuch” reytingida birinchi oʻrin AQSH egalladi. Bir yil oldin – Buyuk Britaniya edi, ikkinchi oʻrinda Germaniya, uchinchida esa  - Yaponiya.

Dunyodagi eng yaxshi fuqaroliklar boʻyicha Rossiya 60 oʻrinni egalladi. Ushbu reyting ikki xil koʻrsatkichlar asosida hisoblanadi: obʼyektiv va subʼyektiv. Obʼyektiv koʻrsatkichlarga davlat boshqaruvining samaraliligi, biznes uchun mavjud sharoitlar, davlatning umuminsoniyat muammolarini hal qilishdagi oʻrni kabi koʻrsatkichlar hisobga olinadi.

Subʼyektiv fikrlar esa, 25 mamalkatda jamoat fikrini oʻrganish asosida tuzilgan. Xususan, aholining turli mamalkatlar milliy taomlari, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari, mamlakat obodonlashtirilganligi va fuqarolarning yashash sharoitlari, aholining xushmuomalaligi, mamalkat madaniyat va tashqi siyosat haqida soʻrov oʻtkazilgan.

Rossiya turli mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari soni va umuminsoniy muammolarga qarshi kurash koʻrsatkichlarida eng yuqori natijalarga erishgan, deb yozadi "Kommersant" nashri.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala