Jamiyat

AQSH va Yevropa aholisi Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni uzaytirish borasida turli fikrga ega

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Fotobankka oʻtishRossiya va Yevropa Ittifoqi bayroqlari
Rossiya va Yevropa Ittifoqi bayroqlari - Sputnik Oʻzbekiston
Sanktsiyalarni uzaytirishni hammadan koʻp - AQSH aholisi xoxlaydi. “sanktsiyalarni olib tashlash kerakmi yoki uzaytirish degan savolga AQSH fuqarolarining 42 % - “uzaytirish kerak” deb javob berdi.

TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Sputnik.Mneniya oʻtkazgan soʻrovga asosan, Yevropa aholisining salkam yarmi – 47%, 2016 yilning iyunida Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni olib tashlash tarafdori. Italiyada —51 %, Germaniyada – 48%, Frantsiyada esa – 43% aholi ushbu fikri qoʻllab-quvvatlaydi.

AQShda boʻlsa – aholining 29% Rossiyaga qarshi kiritilgan sanktsiyalarni olib tashlash tarafdori. Soʻrov frantsiyaning Ifop va Britaniyaning Populus kompaniyalari tomonidan Sputnik agentligi buyurtmasiga asosan oʻtkazildi.

Sanktsiyalar uzaytirilshini hammadan koʻp AQSH aholisi xoxlaydi. Soʻralgan amerikaliklarning 42% buni tasdiqladi. Germaniya va Frantsiyada 31 va 29 % aholi, Italiyada boʻlsa 27% aholi shunday fikrda. Siyosat bilan ishi yoʻq, yaʼni ilmadim deb javob bergan fuqarolar soni Germaniyada — 21%, Italiyada —22%, Frantsiyada – 28% va AQShda —29% ni tashkil qildi.

Soʻrov AQSH va Italiyada 2016 yilning 15-21 aprelda Populus kompaniyasi  tomonidan oʻtkazildi. Germaniya va Frantsiyada soʻrov IFop kompaniyasi tomonidan 2016 yilning 14-18 aprelda oʻtkazildi. Soʻrovda 4010 kishi qatnashdi. Soʻralganlarning jinsi, yoshi va turar joyi ham aniqlangan. Soʻrovning xatolik koefitsenti – 3,1%, ehtimollik koefitsenti – 95%ni  tashkil qildi.

Jamiyat fikrini oʻrganishga qaratilgan Sputnik.Mneniya loyihasi 2015 yil yanvarida boshlandi. Populus, Ifop va Forsa izlanishlar kompaniyalari loyiha hamkorlaridir. Loyiha doirasida Yevropa va AQShda doimiy ravishda ijtimoiy va siyosiy masalalar boʻyicha jamiyat fikri oʻrganiladi.

Sputnik (sputniknews.com) — oʻnlab mamlakatlarda oʻz radio va multimedia xablariga ega boʻlgan, axborot agentligidir. Sputnik 30 tilda axborot tarqatuvchi internet sahifa, analogli va raqamli radio va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalardan iborat. Sputnik yangiliklar lentasi toʻhtovsiz ravishda  inglis, arab, ispan va xitoy tillarida chiqib turadi.

Sputnik.Mneniyaning boshqa xabarlari bilan quyida tanishing.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala