Iqtisod

Dunyoning eng ommaviy toʻlov tizimi Oʻzbekistonda ishga tushadi

© Sputnik / Vasiliy Batanov / Fotobankka oʻtishUnionPay - Xitoy toʻlov tizimi
UnionPay - Xitoy toʻlov tizimi - Sputnik Oʻzbekiston
Xitoyning UnionPay International toʻlov tizimi Oʻzbekistonda ishga tushishi munosobati bilan taqdimot marosimi boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 14 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston Yagona umumrespublika protsessing markazi UnionPay  xalqaro kartochkalari ekvayringi, yaʼni toʻlov uchun qabul qilishni boshlanishi munosobati bilan 20 iyunda ochilish marosibi boʻlib oʻtishini xabar berdi.

“Marosim joriy yilning 20 iyunida soat 10:00da Oʻzbekiston banklari Assotsiatsiyasi binosida boʻlib oʻtadi. Marosimda China UnionPay prezidenti janob Shi Venchao boshchiligidagi UnionPay  delegatsiyasi ishtirok etadi”, — deyilgan xabarda.

UnionPay International toʻlov tizimi – bu yirik va jadal rivojlanayotgan Xitoy toʻlov tizimi boʻlib, u Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy banki koʻmagida 2002 yilda tashkil topgan. Bugungi kunda dunyo boʻylab ushbu toʻlov tizimining 3.5 milliarddan ortiq kartochkalari emissiya qilingan. UnionPay  kartochkalariga dunyoning 143 mamlakatida 1 milliondan ortiq bankomat xizmat koʻrsatadi.

Bugungi kunda dunyoda bir necha yirk xalqaro toʻlov tizimlari bor. Ularning nomi Visa, Mastercard, AmericanExpress, JCB va boshqarlar. Qizigʻi shundaki, ommaviy xalqaro toʻlov tizimlari orasida eng yangi boʻlgan UnionPay foydalanuvchilari soni boʻyicha birinchi oʻrinda — 3.5 mlrd, ikkinchi oʻrinda Visa —2,2 mlrd., uchinchi oʻrinda Mastercard — 1,9 mlrd., JCB — 0,82 va AmericanExpress — 0,70 mlrd. 

Xalqaro elektron toʻlov tizimlari haqida

Elektron toʻlov tizimlari veteranlari boʻlgan Visa, Mastercard va AmericanExpress — dastavval 1950-1960 yillarda AQShda paydo boʻlgan. Vaqt oʻtishi bilan dunyoning boshqa mamlakatlarida ham elektron bank kartochkalari qulayligi tan olingan va ommaviylasha boshlagan. 2000 yillarga kelib ushbu ikkala karta dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlarida millionlab mijozlarga ega boʻlgan.

Qizigʻi shundaki, ushbu kartalardan foydalanilganda, karta egasi qaysi mamlkatda boʻlmasin, barcha bank operatsiyalari AQShda joylashgan protsessing markazi orqali amalga oshiriladi. Misol uchun, siz Oʻzbekistonda turib Visa yoki Mastercard orqali supermarketdan non, sut yoki tuxum sotib olsangiz, ushbu operatsiya AQShda joylashgan protsessing markazi orqali tasdiqlanganidan keyin amalga oshiriladi. Albatta zamonaviy texnologiyalar buni bir necha sekund ichida amalga oshirish imkonini beradi, lekin koʻpchilikka bunday bogʻliqlik maʼqul kelmaydi. Qolaversa, suveren mamlakat bank tizimining oʻzga mamlakatda joylashgan xususiy kompaniya faoliyatiga bogʻliq boʻlib qolishi ham mamlakat moliyaviy xavfsizligini oshirmaydi.

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishBankovskiye kartы mejdunarodnыx platejnыx sistem VISA i MasterCard
Bankovskiye kartы mejdunarodnыx platejnыx sistem VISA i MasterCard - Sputnik Oʻzbekiston
Bankovskiye kartы mejdunarodnыx platejnыx sistem VISA i MasterCard

Aynan shunday sabablar tufayli Yaponiya oʻzining bank kartalari va elektron toʻlov tizimi — JCB ni tashkil qildi. Dastavval u mamlakat ichida rivojlandi, keyin esa xalqaro maydonga ham chiqdi. Xitoyning UnionPay tizimi ham avval mamalkat ichida ommaviylashdi, davlat iqtisodiy salohiyati oʻsishi bilan, xalqaro tizimga aylandi. Bugungi kunga kelib dunyoda foydalanuvchilar soni eng katta boʻlgan tizimga aylandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala