Jamiyat

Rossiyadan oʻtkazilgan pul hajmi boʻyicha - Oʻzbekiston birinchi oʻrinda

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk / Fotobankka oʻtishChelyabinskdagi Sberbank boʻlimi
Chelyabinskdagi Sberbank boʻlimi - Sputnik Oʻzbekiston
2016 yilning birinchi choragida jismoniy shaxslar tomonidan Rossiyadan MDH mamalkatlariga umumiy hisobda 914 mln dollar mablagʻ oʻtkazildi. Bu oʻtgan yilga qaraganda ikki baravar kam.

TOSHKENT, 14 iyun —Sputnik. Rossiyadan pul oʻtkazmalari hajmi boʻyicha MDH davlatlari orasida Oʻzbekiston birinchi oʻrinda. 2016 yilning birinchi choragida Oʻzbekistonga 256 mln dollar oʻtkazildi. Rossiya Banki maʼlumotiga qaraganda, bir yil oldin ushbu mablagʻ 463  mln $ni tashkil qilgan edi.  

Pul oʻtkazmalari hajmi boʻyicha ikkinchi oʻrinda – Qirgʻiziston, 150 mln $ pul oʻtkazgan, uchinchi oʻrinda esa – Ukraina, 137mln $ oʻtkazgan.

2016 yilda xalqaro pul oʻtkazmalar tizimi boʻyicha MDH davlatlaridan Rossiyaga 324 mln $ oʻtkazilgan. Ayni damda 2014, 2015 yillarda ushbu koʻrsatkich 720 va 756 mln $ ni tashkil qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala