Dunyoda

Erdoʻgʻon Putinga xat yozdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishToyyip Erdoʻgʻon
Toyyip Erdoʻgʻon - Sputnik Oʻzbekiston
Tabrik xatida Erdoʻgʻon kelajakda Rossiya va Turkiya munosobatlari munosib darajaga koʻtarilish istagini bildirgan.

TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdoʻgʻon Vladimir Putinga xat yoʻllab, prezidentni va rossiyaliklarni boʻlib oʻtgan Rossiya Kuni bilan tabrikladi.

“Muhtaram prezident janoblari! Butun turk xalqi nomidan sizning qiyofangizda Rossiya xalqini Rossiya Kuni bilan tabriklayman. Shu bilan birga kelajakda Rossiya va Turkiya munosobatlari munosib darajaga koʻtarilishini istayman”, — deyilgan tabrik xatida.

Shu bilan bir vaqtda, Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevni ham tabriklab, “kelajakda mamlakatlar orasidagi hamkorlik va munosobatlar ikki xalq manfaatlariga muvofiq darajaga koʻtarilish” istagini bildirdi.

Rossiya va Turkiya munosobatlari 2015 yil noyabrida Suriya osmonida Turkiya tomonidan Rossiya bombardimonchi samolyotini urib tushirganidan keyin keskin oʻzgardi. Rossiya Turkiyaga nisbatan iqtisodiy sanktsiyalar kiritdi. Erdoʻgʻon, bir necha bor “ushbu mojaroni qanday hal qilish kerakligini tushunmayotganini” taʼkidladi. Rossiya boʻlsa, “Haligacha Turkiyadan kechirim soʻrashni va tovon puli toʻlashini kutayotganini”, aytib oʻtgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala