Vladimir Putin Alisher Usmonovni taqdirlash to‘g‘risida farmon imzoladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishAlisher Usmonov va Vladimir Putin uchrashuvi
Alisher Usmonov va Vladimir Putin uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Biznesmen "xayriya va jamoatchilik faoliyatiga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun”taqdirlandi. Alisher Usmonovdan tashqari rossiyalik ikki tadbirkor shunday mukofotni qo‘lga kiritdi.

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonovni “xayr-saxovat” belgisi bilan taqdirlash haqida farmonga imzo chekdi. Bu haqda rasmiy internet-portalda xabar qilingan.

Rossiya prezidenti farmonida biznesmen “xayriya va jamoatchilik sohasiga qo‘shgan ulkan hissasi” uchun taqdirlangani aytilgan. Usmonovdan tashqari bu mukofot yana ikki nafar rossiyalik biznesmenga topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, 2013 yilda Alisher Usmonov Forbes jurnali tomonidan tuzilgan reytingda rossiyalik milliarderlar ro‘yhatiga yetakchilik qilgan.

Milliarder bir necha yildan beri rossiyalik homiylar reytingiga yetakchilik qilib, “fan va san’atga homiylik qiluvchi davlatmand odam” mukofoti bilan taqdirlanib kelmoqda.

2014 yilda Alisher Usmonov Nyu Yorkdagi auksionda inson DNKsining ikkinchi spiralini kashf qilgan biolog olim Jeyms Uotsonning Nobel mukofotini 4,1 mln $ evaziga sotib olib olimning o‘ziga qaytardi. Qaytarish marosimi Moskvada Rossiya Fanlar Akademiyasida bo‘lib o‘tdi. 

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishAmerikalik biolog Nobel mukofoti laureati Djeyms Uotson Moskvada
Amerikalik biolog Nobel mukofoti laureati Djeyms Uotson Moskvada - Sputnik O‘zbekiston
Amerikalik biolog Nobel mukofoti laureati Djeyms Uotson Moskvada
Yangiliklar lentasi
0