Urganch aeroporti - MDH davlatlaridagi eng yaxshi aeroport deb tan olindi

Xuddi shu tanlovda “Buxoro” aeroporti – sakkiz marotaba, “Samarqand” aeroporti esa – oʻn bir marotaba gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. “Urganch” xalqaro aeroporti “MDH davlatlarining eng yaxshi aeroporti” tanlovida toʻrtinchi bor gʻoliblikni qoʻlga kiritdi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz nashri. Tanlov “Aeroport” fuqarolar aviatsiyasi uyushmasi tomonidan oʻtkazilib kelinadi.

Urganch aeroporti bir yoʻla ikki: "MDH davlatlarining 2015 yil uchun eng yaxshi aeroporti” hamda “Turizm sohasiga qoʻshgan ulkan hissasi” nominatsiyalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

“Aeroport” assotsiatsiyasi Bosh direktori Viktor Gorbachev Urganch aeroporti rahbariyatiga Faxriy yorliq hamda Assotsiyatsiya Kubogini topshirdi.

Oʻzbekiston havo yoʻllari MAK mukofot bilan - Sputnik Oʻzbekiston
"Oʻzbekiston havo yoʻllari" eng punktual tashuvchilar uchligidan oʻrin oldi
Bunga qadar "Urganch" aeroporti “Ishlab chiqarishni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi” nominatsiyasida uch bora gʻolib boʻlgan. Mamlakatimizning boshqa aeroportlari ham ortda qolgani yoʻq: “Buxoro” aeroporti – sakkiz marotaba, “Samarqand” aeroporti esa 11 marotaba gʻolib boʻlgan.

 

Oʻtgan yil davomida Urganch aeroportida 133 ming 440 nafar yoʻlovchi,  shu jumladan 35 ming nafar chet ellik sayyohlar kompaniya xizmatlaridan foydalandi, 13 431 tonna pochta, 12 990 tonna toʻlovli yuk, 23 749 tonna yuk tashildi.

Bundan tashqari, aeroport infratuzilmasini yaxshilash ishlari tinimsiz amalga oshirilmoqda. 2014 yilning may oyidan jahon standartlariga javob beradigan "Xalqaro va mahalliy liniyalar parvozi” terminali ishga tushirildi. Terminalda valyuta ayriboshlash punkti, ona va bola xonasi, tibbiyot punkti, Duty-free doʻkoni, kafeteriy, va 200 kishiga moʻljallangan tranzit zal, VIP va CIP-zallar hamda ekipaj aʼzolari dam olish xonalari faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, turistlar uchun moʻljallangan maʼlumot olish xonasi ham ishlab turibdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala