Dunyoda

Pokiston qatl qilish boʻyicha rekord oʻrnatdi

2014 yilda oʻlim jazosiga taʼqiq olib tashlanganidan keyin Pokistonda 400dan ziyod kishi qatl qilindi. Bu holat Reprieve xalqaro huquqni saqlash tashkiloti vakillarini dahshatga soldi.

 

TOSHKENT, 15 iyun – Sputnik. Rasmiy xabarlarga koʻra, oxirgi 1,5 yil ichida Pokistonda 404 kishi qatl qilindi. Huquq himoyachilari fikriga koʻra haqiqiy maʼlumotlar bundan ancha ziyod boʻlishi mumkin. 

Pokistonda oʻlim jazosi yana qoʻllanila boshlagani sababi 2014 yilda terrorchilarning Peshavordagi maktabga hujumi boʻldi.  Oʻsha “Tolibon” hujumida 130 maktab bolasi qurbon boʻlgan edi. Shundan keyin Pokistonda oʻlim jazosi yana qoʻllana boshladi.

2015 yilning mart oyida oʻlim jazosi bilan jazolanadigan jinoyatlar roʻyxati kengaytirildi. Hozirgi kunda Pokiston qamoqxonalarida oʻlimga mahkum qilingan yana 8 ming kishi bor. Pokistonda oʻlim jazosi – osish orqali amalga oshiriladi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala