Jamiyat

Frantsiya elchixonasining viza boʻlimi vaqtincha yopilmoqda

27-iyundan boshlab, vizaga hujjatlarni topshiruvchilar TLS Contact kompaniyasi orqali oldindan qabulga yozilgan boʻlishi shart.

TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Toshkentdagi Frantsiya elchixonasi 20-24-iyun kunlari Vizalar boʻlimi yopiq boʻlishi va vizaga hujjatlarni qabul qilmasligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda elchixona saytida xabar berilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, elchixona hududida qurilish ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan elchixona 2016-yil 20-iyundan boshlab bir hafta davomida tashrif buyuruvchilarni qabul qilmaydi.

"Frantsiyaga yoki Toshkentdagi Frantsiya elchixonasi viza beradigan boshqa bir davlatga yaqin kunlarda borishni rejalashtirgan shaxslar uchun qulaylik yaratish maqsadida, Vizalar boʻlimi 13-17-iyun kunlari soat 9.00 dan 12.00 gacha va 15.00 dan 17.30 gacha vizaga hujjatlarni topshiruvchilarni qabul qiladi. Vizalar boʻlimiga elchixonaning asosiy darvozalaridan kiriladi", — deb yozilgan xabar matnida.

27-iyundan boshlab, vizaga hujjatlarni topshiruvchilar TLS Contact kompaniyasi orqali oldindan qabulga yozilgan boʻlishi shart. Ushbu xizmat 20-iyundan boshlab ishga tushadi. «TLS Contact» kompaniyasi bilan bogʻlanishga oid maʼlumotlar qoʻshimcha eʼlon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala