Jamiyat

Jahon banki Oʻzbekistonga 4 mlrd $ ajratadi

© Sputnik / StringerVashingtondagi Jahon Banki shtab-kvartirasi
Vashingtondagi Jahon Banki shtab-kvartirasi - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi dastur Oʻzbekiston 2030 yilga kelib oʻrta daromadli mamalkatlar qatoridan oʻrin olishiniqoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Jahon banki direktorlar kengashi Oʻzbekiston bilan hamkorlikning yangi dasturini tasdiqladi. Dastur doirasida JB Oʻzbekiston uchun 4 mlrd $ mablagʻ zahira qildi. Maʼlumot JBning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi saytida xabar qilingan.

“Yangi strategiya Oʻzbekiston uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan, uch sohani rivojlantirishga qaratilgan – xususiy sektorni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi va paxtachilik sanoatini  raqobatdoshligini rivojlantirish hamda davlat xizmatlari sifatini yaxshilashga qaratilgan”, — deyilga JB maʼlumotida.

Rejaga koʻra, kreditlar 40 yil muddatga yiliga 0,75 % stavka bilan beriladi. Birinchi oʻn yil imtiyozli muddat boʻladi.

Vashingtondagi Jahon Banki shtab-kvartirasi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Jahon Banki Oʻzbekiston bilan hamkorlikning yangi dasturini tasdiqladi

Oʻzbekiston JBga 1992 yilda aʼzo boʻldi. 1995 yildan beri JB Oʻzbekistonning turli iqtisodiy va ijtimoiy sohalarini rivojlantirish uchun 2 mlrd $ dan ortiq kredit berdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala