Migratsiya

Rossiyadan 5,5 mingdan ziyod migrant deport qilindi

© Sputnik / Igor Ageyenko / Fotobankka oʻtishDeportatsiya qilingan migrantlar
Deportatsiya qilingan migrantlar - Sputnik Oʻzbekiston
Huquqni muhofaza qilish organi xodimlari tomonidan 362ta jinoiy ish qoʻzgʻatilgan va migratsiya qonunchiligini buzganligi uchun migrantlardan umumiy hisobda 36 million rubl miqdorida jarima undirilgan.

TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Moskva shahrida 5-25 may sanasi oraligʻida "Nolegal-2016" va "Toʻsiq-2016", tozalash profilaktik operatsiyalari oʻtkazilgan edi. Sputnik Tojikiston xabari asosida.

Virtual nikoh. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada migrantlar bilan soxta nikohdan oʻtish holati avj olmoqda
Rossiya IIV RB Moskva shahar boʻyicha rahbari Anatoliy Yakuninning soʻzlariga koʻra, operatsiyalar doirasida migratsiya qonunchiligida 14 mingta qonunbuzarlik holatlari sodir etilgani aniqlangan, 150 nafar jinoyatchi qoʻlga olingan va 4 etnik guruh faoliyatiga chek qoʻyilgan.

"Ushbu operatsiyalar davomida har kuni besh yarim mingga yaqin politsiyachi, 1350ga yaqin tezkor-qidiruv guruhi hodimlari ish olib borishdi.  Operatsiya davomida bozorlar, savdo markazlari, avtomobil sozlash shahobchalari, garaj majmualari, yashash joylari hamda vaqtincha boʻsh inshootlar koʻrikdan oʻtkazildi, umumiy hisobda 36 mingga yaqin obʼyektlar tekshirildi”, — deyiladi materialda.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan 362ta jinoiy ish qoʻzgʻatilgan, umumiy hisobda 36 milliondan ziyod jarima undirilgan.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasidan 5,5 mingdan ziyod nolegal migrantlar chiqarib yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala