Dunyoda

Germaniyaning teng yarim aholisi mamlakatda musulmonlar haddan ziyod koʻp, degan fikrda

Soʻrovnomada ishtirok etgan har besh nafar nemisdan uch nafari qochoq nomiga daʼvogarlarning aksariyati “aslida oʻz yurtida taʼqibga olinmagan” degan fikrni bildirishgan.

TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Germaniya Federativ respublikasining teng yarim aholisi oʻzlarini “oʻz yurtida chet ellikdek” his qilishmoqda; chorshanba kuni eʼlon qilingan soʻrovnoma natijasi shuni koʻrsatmoqda. RIA Novosti xabari asosida.

Germaniya kantsleri Angela Merkel. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
FT: Germaniya “Kyoln voqealari” uchun Angela Merkelni kechirmaydi

Leyptsig universiteti tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra, xuddi shunday fikrda boʻlgan respondentlar soni 2014 yilga nisbatan 7%ga oshib, 50%ni tashkil qilgan. Har oʻnta nemisdan toʻrttasi Germaniyada musulmonlar uchun taʼqiq eʼlon qilininishini xohlashlarini maʼlum qilishgan.

Germaniya aholisi oʻrtasida migrantlarga nisbatan skeptitsizm oʻsib bormoqda, deb yozadi Frans Press agentligi. Soʻrovnomada ishtirok etgan har besh nafar nemisdan uchtasi qochoq nomiga daʼvogar migrantlarning aksariyati aslida “oʻz yurtida taʼqibga olinmagan”, degan fikrni bildirgan.

Soʻrovnomada 2,5 ming kishi ishtirok etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala