"Next" savdo markazida taktik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishTezkor yordam xizmatlarining qutqaruv o‘quv mashg‘uloti
Tezkor yordam xizmatlarining qutqaruv o‘quv mashg‘uloti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Favqulodda vaziyatlar vazirligi poytaxtdagi savdo markazlaridan birida, yer qimirlashi yoki yong‘in sodir bo‘lgandi, aholini evakuatsiya qilish o‘quv-mashg‘ulotni o‘tkazdi.

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Toshkentdagi "Next" savdo-ko‘ngilochar markazida chorshanba kuni maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi, FVV xabariga asosan.  

FVV vazirligi vakili xabariga asosan, o‘quv-mashg‘ulotlari yong‘in yoki yer qimirlashi vaqtida, xaridorlar va markaz ishchilarini evakuatsiya qilish va qutqaruv ishlari amalga oshirishni nazarda tutgan.

“Kuniga 10 mingdan ziyod odam tashrif buyuradigan, bunday yirik savdo markazida, o‘quv mashg‘ulotlari birinchi bor o‘tkazildi”, — dedi vazirlik vakili.

Toshkentda iyun oyi boshidan beri Toshkent IIV Boshqarmasi taaluqli vazirliklar bo‘limlari bilan birgalikda favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha, maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelmoqda. Toshkentda 23-24 iyunda o‘tishi kutilayotgan ShHT sammiti arafasida ushbu o‘quv mashg‘ulotlari muntazam ravishda va keng ko‘lamda o‘tkazilmoqda.

O‘quv mashg‘ulotlari maxsus xizmatlar, faqvulodda vaziyatlar vazirligi, sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa tezkor yordam ko‘rsatish xizmatlari faoliyatini o‘zaro muvofiqliashtirishga qaratilgan. 

 

Yangiliklar lentasi
0