Sammit oldidan ko‘rilayotgan xavfsizlik choralari to‘liq oqlangan - sobiq "Alfa" guruhi jangchisi

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishMaxsus guruh jangchilari
Maxsus guruh jangchilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siyosatchi Konstantin Zatulin va siyosiy xavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspert Sergey Goncharov Toshkentda ShHT sammiti arafasida kiritilayotgan xavfsizlik choralari to‘la oqlangan, deyishdi.

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik, Mariya Sheludakova. Mamlakat chegarasida va shaharlararo transportda kiritilgan xavfsizlik choralarining kuchaytirilshi, qo‘shni mamlakatlarda kuzatilayotgan notinch vaziyatni hisobga olganda, tamomila oqlangan choralardir, chunki sammit qatnashchilarini qabul qilayotgan tomon xavfsizligi uchun to‘liq javobgar, deyishdi Sputnik bilan muloqotda bo‘lgan ekspertlar.

Chorshanba kuni e’lon qilingan xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston ShHT sammiti oldidan, qo‘shni Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Turkmaniston chegaralaridagi bir necha nazorat-o‘tkazish punktlarini yopdi. Undan tashqari O‘zbekistonning boshqa shaharlari bilan Toshkentni bog‘laydigan avtobus  yo‘nalishlari ham vaqtincha yopildi.

“Alfa” aksilterror bo‘limi veteranlar assotsiatsiyasi prezidenti Sergey Goncharovning fikriga ko‘ra, qabul qilingan choralar,  O‘rta Osiyodagi umumiy vaziyat va xususan Qozog‘istonda yaqinda bo‘lib o‘tgan voyealar tufayli, qabul qilingan.   

“Ushbu choralarda hech qanday xurofot yo‘q, O‘zbekiston maxsus xizmatlari shunday yo‘l bilan poytaxtni sammit o‘tkazishga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan ekstremist, terrorchi va banditlardan himoya qilmoqda. Sammitga tashrif buyuradigan delegatlar va mamlakat rahbarlari xavfsizligi uchun aynan qabul qiluvchi tomon javobgar. Ushbu choralar asosli ekanligiga ishonchim komil”, — dedi Goncharov.   

Sobiq maxsus xizmatlar xodimi aytishiga qaraganda, bir necha davlat vakillari qatnashotgan sammit muhim voqea. Har bir mamalkat qatnashchilarning o‘z xavfsizlik xizmati bo‘lishiga qaramasdan, qabul qilayotgan tomonidan ham sammit qatnashchilarining xavfsizligini ta’minlash uchun juda ko‘p choralar qabul qilish talab qilinadi.

“Bunday vaziyatda, barcha uchun maqbul bo‘lgan qoidalar tashkil qilish kerak:  rahbarlar uchrashuvlari qayerda, qanday sharoitda,  qaysi binoda bo‘lib o‘tadi va ularni qo‘riqlash qanday amalga oshiriladi. Bu juda katta mehnat talab qiladigan ish. Aslida buni amalga oshirish uchun juda katta mablag‘ kerak bo‘ladi”, — dedi ekspert.

Ekspert fikriga ko‘ra Toshkentdagi sammitga tayorlanish, 2015-yilda bo‘lib o‘tgan Ufa yoki 2014-yilda bo‘lgan Dushanbe sammitiga qaraganda jiddiyroq tayorgarlik talab qiladi. Qozog‘istonda yaqinda bo‘lib o‘tgan voqealardan keyin xavfsizlik maslasi birinchi o‘ringa chiqadi. O‘zbekistonliklar buni juda yaxshi tushunishadi, deb hisoblaydi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0