Sarkozi Putinga birinchi bo‘lib qo‘l cho‘zishni maslahat berdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishFransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi
Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi bu gapni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro iqtisodiy forum davomida aytdi.

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Nikolya Sarkozi Rossiyaga e’lon qilingan sanksiyalarga qarshi ekanligini aytish barobarida, bu masalada Moskva tashabbuskorlikni o‘z zimmasiga olishi kerak, degan fikrni ilgari surdi.

Ya’ni, Fransiyaning sobiq prezidenti so‘zlariga qaraganda, faqat kuchlilargina birinchi bo‘lib qo‘l uzatishi kerak. “Eng kuchli esa – bu Rossiya va uning prezidenti Putin”, — deb ta’kidladi Sarkozi, Rossiya yetakchisining obro‘yini G‘arbda hech kim inkor etmasligini qo‘shimcha qilgan holda.

"Rossiya bizga Suriyadagi fojiani bartaraf etish uchun kerak. Rossiya ikkita emas, bitta koalitsiya bo‘lishi uchun qo‘lidan kelgancha harakat qilishi lozim. Janob Putinning yetakchiligi esa – kecha men bu haqda u kishining o‘zlariga ham aytgan edim – bizga juda asqotishi, yordam berishi mumkin”, — dedi Sarkozi.

Yangiliklar lentasi
0