Ahmadboy moliya piramidasi faoliyatiga - o‘z vaqtida chek qo‘yildi

© SputnikO‘zbekiston so‘mi
O‘zbekiston so‘mi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatining Chinoz tumanida joylashgan “Chinoz Avto Hamkor” korxonasi ofisi tintuv qilinganda, korxona hujjatlarida qayd qilinmagan, 50 milliard so‘m va 2 million dollar naqd pul topilgan.

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Toshkent viloyati huquqni saqlash organlari yirik jinoiy guruhni qo‘lga oldi. Ushbu guruh a’zolari noqonuniy valyuta operatsiyalari bilan shug‘ullangan, RIA Novosti mahalliy prokuratura vakili xabariga asosan.

Ushbu ma’lumotning prokratura yoki huquqni saqlash organlari tomonidan, hozircha rasman tasdiqlangani yo‘q.

“May oyida noqonuniy valyuta operatsiyalari bilan shug‘ullanayotgan jinoyi guruh haqida xabar olingan edi. Yaqinda ushbu guruhni tashkilotchilarini qo‘lga olindi”, — dedi xabar bergan vakil.

Uning so‘zlariga qaraganda, jinoiy faoliyat “Chinoz Avto Hamkor” korxonasi orqali amalga oshirilgan. Korxona rahbari Ahmadboy Tursunboyev jinoyat rejasini tashkil qilgan. Ahmadboydan tashqari uning beshta sherigi ham qo‘lga olingan.

Ular avtomobillarni naqd chet el valyutasiga sotish, va valyutani konvertatsiya qilishda ayblanmoqda.

Ahmadboyga qarashli firmada o‘tkazilgan tintuv jarayonidan lavha - Sputnik O‘zbekiston
Chinozlik Ahmadboy ijtimoiy tarmoqlarda kun qahramoniga aylandi

“O‘tkazilgan tintuv natijasida, firma hisobotlarida ko‘rsatilmagan, 50 mlrd so‘m va 2 mln dollar naqd pul topildi”, — dedi prokuratura xodimi. Jinoiy ish qo‘zg‘atildi, tergov olib borilmoqda. 

O‘zbekistonda 2013-yilning 1-yanvaridan boshlab aholiga naqd chet el valyutasi sotish ta’qiqlangan. Valyuta sotib olish uchun fuqarolar bankda hisob raqami ochib, valyuta ushbu hisob raqamiga bog‘liq bo‘lgan, xalqaro to‘lov tizimlarida ishlaydigan, bank kartalariga o‘tkazilar edi.

MDHning eng katta moliyaviy pufagi — MMM tarixi

Shu o‘rinda 1994-yilda Rossiyada faoliyat yuritgan MMM ulkan moliyaviy piramida haqida qisqacha so‘zlab bermoqchimiz. Avvaliga odiiy savdo-sotiq bilan shug‘ullangan Sergey Mavrodi nomli Rossiyalik tadbirkor, amerika iqtisodiy tarixini o‘rganish asosida moliyaviy faoliyat bilan shug‘ullanishga qaror qiladi.

1994 yilning fevralida o‘ziga tegishli bo‘lgan “MMM” aksiyadorlik jamiyatining 991 ming dona aksiyasini sotuvga chiqaradi. Dastavval aksiyalar narxi bir donasi ming rubldan sotiladi. Mavrodi, o‘z rejasi bo‘yicha har kun aksiyalar narxini oshirib boradi. Buning natijasida aksiyalar bozorda tez tarqalib ketdi.

Aksiyalar har doim narxi oshib borgani uchun bozorda ularni sotib olib osongina mo‘may daromad olishni xoxlovchilar juda ko‘p edi. Ayrim OAVlar habariga ko‘ra o‘sha vaqtlarda MMMga jalb qilinganlar soni 2 mlndan 15 mlngacha bo‘lgan. Buning natijasida har bir aksiya narxi 2 oy ichida 127 baravar oshib ketgan.

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishReklama "MMM 2011" na ulitsax Moskvi
Reklama MMM 2011 na ulitsax Moskvi - Sputnik O‘zbekiston
Reklama "MMM 2011" na ulitsax Moskvi

Shu bilan bir vaqtda hukumat vakillari va soliq inspeksiya bu moliyaviy pufak bir kun borib portlashini juda yaxshi tushunsada, Mavrodini qonun tomonidan hech qanday jazoga torta olmagan.

OAVlarda aytilishiga qaraganda, o‘sha vaqtda MMMning kunlik daromadi 50 mln $ ni tashkil qilgan. Aksiyalar bo‘yicha dividendlar 1994-yilning 27-iyuliga qadar to‘la to‘kis to‘lab borilgan. Buning uchun mablag‘ esa, doimo qo‘shilib borotgan yangi aksiyadorlar hisobidan bo‘lgan.  1994 yilning 29-iyulida Mavrodi o‘zining qarori bilan aksiyalar narxini 127 baravar pasaytirgan. Bu esa kechagina 127 ming rublga sotib olgan aksiya uchun bugun 1000 rubl to‘lanadi degani edi.

4 avgust kuni Mavrodi hibsga olingan.  Uning ofisidan 49,9 milliard rubl naqd pul topilib, davlat ixtiyoriga musodara qilingan.

Ushbu moliyaviy pufak portlagan kuni Rossiya bo‘ylab 50 kishi o‘z joniga qasd qilgan. Oson daromad olish yo‘lida bor pulini tikkan bir necha million kishi uy-joysiz, yashashga mablag‘siz qolgan. Sud ham ularga yo‘qotgan mablag‘ini qaytarib bera olmagan.

Shunday qilib, bepul pishloq – faqat nodonlar uchun qo‘yilgan, qopqonda bo‘lishi, yana bir bor isbotlangan.

 

Yangiliklar lentasi
0