Bo‘zsuv kanalida cho‘kib ketgan o‘smir tufayli tekshiruvlar boshlandi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishSuvda cho‘milish
Suvda cho‘milish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Cho‘milish mavsumida xavfsizlikni ta’minlash va odamlar halok bo‘lishini oldini olish maqsadida, qutqaruvchilar militsiya xodimlari shahardagi cho‘milish uchun eng xavfli bo‘lgan 15 joy nazorat ostiga olindi.

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Toshkentda noqonuniy cho‘milish joylarini tekshirish bo‘yicha maxsus reydlar o‘tkazila boshlandi, dedi jurnalistlarga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Xusan Bobonov.

Uning so‘zlariga qaraganda 1-sentabrgacha har kuni Favqulodda vazirlik va militsiya maxsus bataloni vakillaridan tashkil topgan guruh shaharning cho‘milish uchun xavfli bo‘lgan, 15ta suv havzasini ko‘zdan kechirib boradi. Cho‘milayotgan odamlar aniqlanganda ularga jarima solinadi. Bunday choralar ko‘rilishining sabalaridan biri, yaqinda Bo‘zsuv kanalida 17 yoshli o‘smirning cho‘kib ketishi bo‘ldi. Uning jasadi uch kundan keyin topildi.  

 

“Faqat reydlar bilan buni to‘g‘rilab bo‘lmaydi, shuning uchun biz cho‘milish ta’qiqlangan joylarda maxsus kuzatuv punktlari tashkil qildik. Bu yerda ko‘ngillilar navbatchilik qiladi va ular cho‘milayotganlar haqida xabar beradi. Undan tashqari maktab va kollejlarda ham tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Cho‘milishni istagan boshqa toifadagilar esa – mastlar guruhlardir. Ba’zi fuqarolar ichib olib suvga kirishni yaxshi ko‘radi – dedi Bobonov.

FVV o‘zbek va rus tillarida maxsus ogohlantirish belgilari o‘rnatishda davom etmoqda. Ushbu belgilar odamlarni ushbu joyda cho‘milish xavfli ekanligi haqida ogohlantirmoqda. Uning so‘zlariga qaraganda, bunday og‘ohlantirish belgilarining ko‘pi o‘rnatilganidan keyin yo‘qolib qolmoqda. 

“Yaqinda cho‘milish ta’qiqlangan joylarning birida bir avtobus bolani ushladik. Bu albatta nazorat organlari yomon ishlayapti degani emas, birinchi navbatda ota-onalar befarqligi ham sabab bo‘lmoqda. Oqibatda kimdir qurbon bo‘lishi mumkin. Ta’qiqlangan joylarda cho‘milayotganlar qo‘lga olinsa, ularga eng kam oylik maoshiing 3-10 miqdorida jarima solinadi” – dedi FVV vakili.

FVV xabariga ko‘ra, oxirgi yillarda suvda cho‘kib o‘lish holatlari 85% ga kamaydi, bu yil hisobida esa – faqat bir kishi.

 

Yangiliklar lentasi
0