MXX o‘zbek-qirg‘iz chegarasini buzib o‘tishga uringan 42 nafar shaxsni qo‘lga oldi

© Slujba natsionalnoy bezopasnosti Respubliki UzbekistanO‘zbek chegarachilari
O‘zbek chegarachilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aniq bo‘lishicha, qo‘lga olinganlar chegaradan umumiy hisobda 128 million so‘mlik tovarlarni olib o‘tishga uringan.

TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi MXX davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi chegarachilar naradi joriy yilning may oyida o‘zbek-qirg‘iz chegarasini noqonuniy tarzda kesib o‘tishga uringan 42 nafar shaxsni qo‘lga oldi, deb xabar berdi Sputnik muxbiriga muassasa vakili.

Qo‘lga olinganlar umumiy hisobi 128 million so‘mdan ortiq uyali aloqa vositalari, rangli metall, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xorijiy valyuta va boshqa moddiy boyliklarni O‘zbekiston hududiga noqonuniy ravishda olib kirishga uringan. Bularning hammasi belgilangan tartibda qonunbuzarlardan olib qo‘yilgan.

"Ayrim holatlarda ogohlantiruvchi o‘q uzishlardan so‘ng qonunbuzarlar ortga qaytib, Qirg‘iziston hududida g‘oyib bo‘lgan. Uchta holatda O‘zbekistonda qirg‘izistonlik kontrabandistlar sheriklari qo‘lga olingan”, — deya xabar qildi manba.

Yangiliklar lentasi
0