Putin: dunyoga zabardast AQSh kerak, lekin uning Rossiyaga qanday yashashni o‘rgatishi ortiqcha

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Yevropaga biz bilan munosabat o‘rnatishga xalal berishlariga muhtoj emasmiz", - deya ta’kidladi Putin.

TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Jahonga AQSh kabi kuchli davlat kerak, ammo Rossiya unga qanday yashashni o‘rgatishlarini xohlamaydi, deya ta’kidladi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda o‘tgan xalqaro iqtisodiy forum davomida.

"Jahonga Qo‘shma Shtatlardek kuchli mamlakat kerak. Bizga ham kerak. Lekin muntazam ravishda bizning ishlarimizga aralashishlariga, qanday yashashni o‘rgatishlariga, Yevropaga biz bilan munosabat o‘rnatishga xalal berishlariga muhtoj emasmiz", — deya ta’kidladi Putin, AQShda bo‘lib o‘tayotgan murakkab ichki siyosiy jarayonlarga izoh berar ekan.

"Haqiqatan ham, bu bizning ishimiz emas. Ammo, bilishimcha, saylovoldi kampaniyalar vaqtida u yerda prokurorlar xalqaro saylovchilarni belgilangan joylardan haydab soladi, ularni qamoqqa tiqish bilan qo‘rqitadi. Ammo bularning barchasi ularning muammosi, ular shunga o‘rgangan, bu ularga yoqadi. Amerika buyuk davlat. Bugungi kunda, ehtimol yagona superdavlat bo‘lsa kerak. Biz buni inkor etmaymiz. Biz Qo‘shma Shtatlar bilan ishlashni xohlaymiz va bunga tayyormiz", — dedi Rossiya rahbari.

Yangiliklar lentasi
0