Hodisalar

Qobuldagi teraktda 14 kishi qurbon boʻldi

© SHAH MARAI / AFPQobulda portlash oqibati
Qobulda portlash oqibati - Sputnik Oʻzbekiston
Bugun Afgʻonistonda "Tolibon" uyushtirgan teraktda 14 kishi qurbon boʻldi, 8 kishi jarohatlandi.

 

TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. Afgʻoniston poytaxti Qobuldagi portlashda 14 kishi qurbon boʻldi, 8 kishi jarohatlandi, RIA Novosti Frans Press xabariga asosan.

Bugun ertalab Qobulda mikroavtobus portlatilgan. Unda qoʻriqlash xizmati xodimlari boʻlgan. Xabarlarga koʻra, ularning aksariyati Nepal fuqarolari boʻlgan. Ushbu mikroavtobusda davlat xizmatchilari boʻlgan, degan xabar oʻz tasdigʻini topmadi.

OAV xabariga koʻra, ushbu terakt uchun javobgarlikni “Tolibon” radikal harakati jangarilari oʻz zimmasiga olgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala