O‘zbekiston–Xitoy: xalqlar farovonligi yo‘lidagi hamkorlik

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Mediabankka o‘tishXitoy manzarasi
Xitoy manzarasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin O‘zbekistonga davlat tashrifi oldidan ikki mamlakat munosobatlarining bugungi holatiga nazar.

TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Oldin xabar berganimizdek, 21-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi.

Ikki mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu tashrif oldindan, keling, O‘zbekiston-Xitoy munosobatlarining bugungi holatiga bir nazar tashlaylik.   “Jahon” axborot agentligi xabari asosida

XXR TIV rahbari Van I va O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Abdulaziz Kamilov Xitoy tashqi ishlar Vaziri Van I bilan uchrashdi

Ushbu tashrif XXR birinchi kotibi Li Szinpinning O‘zbekistonga ikkinchi tashrifi bo‘ladi. Tashrif, Xitoy siyosiy va tadbirkor doiralarning O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtiri va kengaytirishga bo‘lgan intilishidan darak beradi.

Bugungi kunda Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekistonning jahon maydonidagi eng muhim sheriklari va yirik sarmoyadorlaridan biri bo‘lib qolmoqda. 

Uzoq muddatli va samarali O‘zbekiston — Xitoy muloqotining asosiy tamoyillari Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma (2005), Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya (2012), shuningdek, 2013-yili imzolangan Do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma hamda Ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish haqidagi qo‘shma deklaratsiyada muhrlab qo‘yilgan. Umuman olganda, O‘zbekiston — Xitoy aloqalarining shartnomaviy-huquqiy zamini turli yo‘nalishlarni qamrab olgan 220 dan ortiq hujjatdan iboratdir.

Gaz o‘tkazuvchi quvur - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Xitoy gaz quvurining to‘rtinchi tarmog‘i loyihasi yil oxirigacha yakunlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2014-yil avgust oyida Xitoy Xalq Respublikasiga buyurgan davlat tashrifi ikki tomonlama muloqotning rivojlanishida muhim bosqich bo‘ldi. Tashrif chog‘ida Qo‘shma bayonot, 2014 — 2018-yillarga mo‘ljallangan Strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish dasturi, 6 milliard AQSh dollaridan ziyod miqdordagi 80 dan ortiq iqtisodiy, moliyaviy hamda sarmoyaviy bitim va shartnomalardan iborat salmoqli hujjatlar imzolandi. 

Jahon iqtisodiyotidagi beqarorlik sharoitda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro savdo-sotiq hajmi, o‘tgan yili 4 milliard AQSh dollaridan oshdi, joriy yilning yanvar-aprel oylari davomida esa bu ko‘rsatkich 1,4 milliard dollarni tashkil qildi.

Farg‘onaazot korxonasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi birinchi NPK o‘g‘itlar zavodini qurdi

Mamlakatimiz bozorida Xitoy sarmoyasi ishtirokidagi 650 dan ziyod korxona faoliyat ko‘rsatayotgani ham XXR ishbilarmonlar hamjamiyati tomonidan O‘zbekistonga nisbatan qiziqishning o‘sib borayotganini yaqqol tasdiqlaydi. O‘zbek bozorini yaqindan o‘rganish uchun Toshkentda ushbu do‘st davlatning 75 ta yetakchi firma va kompaniyasi o‘z vakolatxonasini ochgan. 

Sarmoyaviy sheriklik O‘zbekiston va Xitoy hukumatlari o‘rtasida 2010-yili imzolangan Noxom-ashyo va yuqori texnologiya sohalaridagi hamkorlik dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

Xitoy biznes subyektlari O‘zbekistondagi qator yangi sanoat gigantlari, jumladan, Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari va Qo‘ng‘irot soda zavodi qurilishida ishtirok etdi. XXR tadbirkorlari ko‘magida respublikamiz hududida elektr texnikasi mahsulotlari, mobil telefonlar, qurilish texnikasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Huawei kompaniyasi tomonidan Toshkent shahri va O‘zbekiston mintaqalarining telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 20 ta loyiha amalga oshirildi. ZTE korporatsiyasi bilan hamkorlikda chiqarilayotgan modem, smartfon va boshqa uskunalarga milliy hamda xorijiy bozorlarda talab katta.

Buyuk Ipak Yo‘li yodgorligi. Samarqand - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Xitoy Ipak yo‘lida transport harakatini osonlashtirishga kelishdi

O‘zbekistonning jo‘g‘rofiy joylashishi bois XXR bilan transport sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik ham tobora rivojlanmoqda. Xitoydan Yevropa davlatlariga mahsulotlar tashish mamlakatimiz hududi orqali amalga oshirilmoqda. Birgina Navoiy aeropotida faoliyat ko‘rsatayotgan Xalqaro intermodal xab orqali 2015-yili 1,8 ming tonna yuk tashildi. Bundan tashqari, strategik jihatdan nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo uchun muhim bo‘lgan loyihaning amalga oshirilishida, ya’ni “Qamchiq” dovoni orqali o‘tadigan 19 kilometrdan ziyod masofali temir yo‘l tonneli qurilishida Xitoy firmalari faol qatnashdilar.

O‘zbekiston va Xitoy ko‘p asrlik tarixga, noyob madaniyat va ulkan intellektual salohiyatga ega. Bu davlatlararo gumanitar hamkorlikni sezilarli darajada faollashtirish, ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida yaqin sheriklik munosabatlarini o‘rnatishga imkoniyatlar yaratishni, shuningdek, o‘zaro madaniy aloqalarni kengaytirishni taqozo etdi.

Xitoy-O‘zbekiston temir yo‘l qurilishi 2016-yilda boshlanadi

Xitoyda 2013-yili O‘zbekiston tadqiqotlari va ma’rifiy almashuvlari Markazi tuzildi. Uning mutaxassislari respublikamizda ro‘y berayotgan zamonaviy jarayonlarni kuzatib bormoqdalar. 2010-yildan boshlab XXR Markaziy millatlar universitetida o‘zbek tili o‘qitilmoqda. Shanxay Xalqaro tadqiqotlar universitetida alohida o‘zbek tili kafedrasi faoliyat ko‘rsatmoqda. 

XXRning qator shaharlarida O‘zbekiston madaniyati haftaligi o‘tkazilganini samarali madaniy hamkorlikning misoli sifatida tilga olish mumkin. Shu bilan

Vong Kar-Vayning Buyuuk ustoz filmidan sahna - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Xitoy kinosi kunlari o‘tkaziladi
birga, Xitoyning ko‘pgina yirik megapolislarida — Pekin, Shanxay va boshqa shaharlarida taniqli o‘zbek rassomlarining respublikamiz zamonaviy hayoti va taraqqiyotining turli qirralarini o‘zida aks ettirgan ijodiy ishlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. XXR ijodiy jamoalari har ikki yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivalining doimiy ishtirokchilari hisoblanadi. 

O‘zbekiston-Xitoy aloqalarining ayni holati —  ikki mamlakat xalqlarining tub manfaatlariga hamda hozirgi zamon talablariga mos keladi. Shu o‘rinda ikki mamlkat rahbarlarining uchrashuvi ushbu munosobatlarni yanada rivojlantirish uchun qo‘yilgan yana bir ilg‘or qadam bo‘ladi, deyilgan axborot agentligi maqolasida.

Yangiliklar lentasi
0