Iqtisod

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan maishiy texnikaning eng katta xaridori – Rossiya

© Gazeta.uzJizzaxdagi Roison Electronics ochilishi
Jizzaxdagi Roison Electronics ochilishi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston elektrotexnika sanoati ishlab chiqargan mahsulotning 30%, MDH, Yevropa va Yaqin Sharq bozoriga eksport qilinmoqda.

TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. Bugungi kunda Oʻzbekiston elektrotexnika sohasi ishlab chiqarayotgan maishiy texnikaning 30% dan ortigʻi Rossiyaga eksport qilinmoqda, “Oʻzeltexsanoat” vakili Sputnikka xabar berishiga koʻra.

Uning soʻzlariga qaraganda, Oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchilar Rossiyaga asosan xolodilnik, televizor, turli kabellar va yuqori voltli mahsulotlar eksport qilmoqda.

“Bizning eksport bozorlarimiz turli mamalkatlardan iborat, lekin yetakchisi hamkorimiz – Rossiya. Oʻzbekiston uchun bu juda yuqori koʻrsatkich, shuninug uchun yaqin orada biror mamlakat unga yaqin kelishi oʻta mushkul. Biz ayni damda oʻz maishiy-elektr mahsulotlarimiz tashqi bozorlarini kengaytirishga harakat qilmoqdamiz. Buning uchun ularni asosan chet mamalkatlarda joylashgan savdo uylari va vakolatxonalar orqali targʻib qilmoqdamiz. Bugungi kunda savdo uylari soni 30ta ga yetdi”, — dedi muassasa vakili.     

Uning soʻzlariga qaraganda Oʻzbekiston mahsulotlari bugungi kunda Oʻrta Osiyo, MDH, Yevropa va Yaqin Sharq mamalkatlariga yetkizib berilmoqda.

Ushbu yilning birinchi kvartalida  soha korxonalari qiymati salkam 26 mln $ boʻlgan mahsulot eksport qilishdi. Bu oʻtgan yilga qaraganda 54 % ga koʻp.  “Oʻzeltexsanoat” tizimida ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati 227 mlrd soʻmdan oshdi. Bu esa oʻtgan yilga nisbatan 20% oʻsish degani. Jumladan kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish hajmi 50 %ga, changyutkichlar – 160 %ga  oʻsdi.  Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 30% dan ortigʻi eksport qilinmoqda.

2030 yilga kelib sohaga milliard dollar investitsiya kiritish va ishlab chiqarish hajmini 5 baravar oshirish rejalashtirilgan. Ushbu choralar import hajmini kamaytirish boʻyicha samarali choraga aylanishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala