Jamiyat

23-24 iyunda viza muddati bilan bogʻliq jazo choralari qoʻllanilmaydi

Oʻzbekiston TIV tarqatgan xabarga asosan, 23-24 iyun kunlari Oʻzbekistonda boʻlgan chet el fuqarolarining vizalaridagi kirish-chiqish muddati, ixtiyorsiz ravishda buzliganda, ularga nisbatan jazo choralari qoʻllanilmayldi.

 

TOSHKENT, 20 iyun – Sputnik. 23-24 iyun kunlari Oʻzbekistonda boʻlgan chet el fuqarolarining vizalaridagi kirish-chiqish muddati, ixtiyorsiz ravishda buzliganda,  ularga nisbatan jazo choralari qoʻllanilmayldi.

“Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashi majlisi oʻtkazilishi munosabati bilan Oʻzbekiston aeroportlaridan xalqaro aviareyslarning kelish va ketish vaqtlaridagi ehtimoliy oʻzgarishlar hamda qoʻshni davlatlar bilan chegaralardagi ayrim oʻtish joylarida vaqtinchalik cheklovlar oʻrnatilishi munosabati bilan 2016-yilning 23-24-iyun kunlari chet el fuqarolarining kirish vizalarida qayd etilgan Oʻzbekiston hududida boʻlish muddatlari ularga bogʻliq boʻlmagan holda tugaganda, ularga nisbatan Oʻzbekistonning tegishli oganlari tomonidan jarima yoki boshqa choralar qoʻllanilmaydi,” – deyilgan TIV tomonidan tarqatilgan xabarda.  

Eslatib oʻtamiz, 23-24 iyun kunlari Toshkentda SHHT davlat rahbarlari sammiti boʻlib oʻtadi. Sammit mehmonlarini kutib olish va kuzatish tufayli Toshkent xalqaro aeroporti bir necha soat davomida boshqa qatnovlar uchun yopiq boʻladi. Undan tashqari, Oʻzbekistonning qoʻshni mamlakatlar bilan chegara-nazorat punktlari cheklangan tartibda ishlaydi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala