Toshkent avtobuslari nega "o‘z joniga qasd" qilmoqda

© Facebook/Voditeli TashkentaToshkentda navbatdagi avtobus yonmoqda
Toshkentda navbatdagi avtobus yonmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Voqea tafsilotlari va jabrlanganlar haqida ma’lumotlar hali yo‘q. Voqea guvohi bo‘lgan haydovchilardan biri facebookda yonayotgan avtobus videolavhasini joylashtirgan.

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Bugun Toshkentning Oltintepa (sobiq Siolkovskiy)  ko‘chasida navbatdagi Mersedes avtobusi yonib ketdi, facebookdagi “Voditeli Tashkenta” guruhi xabariga asosan.  

“VT” guruhi foydalanuvchisi xabariga ko‘ra, bugun ertalab soat 9 lar atrofida Oltintepa ko‘chasida yana bir “Mersedes” avtobusi yonib ketdi. Ijtimoiy tarmoq a’zosi chop etgan videolavhada avtobus ichi quyuq qora-kulrang tutunga to‘lgan va tutun uning oynalaridan ham chiqmoqda. Videolavhaga ko‘ra avtobus motori joylashgan bo‘limda yong‘in ancha oldin boshlangani ko‘rinib turibdi.

Toshkent shahar yo‘lovchi transporti oxirgi vaqtlarda “tillarda doston bo‘ldi”. Haydovchilar poygasi, avtobuslar ishtirokidagi YTHlar, avtobuslarning "o‘ziga-o‘zi o‘t" qo‘yishi. Yaqinda bir avtobus Beshog‘ochda o‘zini “xarakiri” qilgani ham esimizda.

Avariya oqibatlari - Sputnik O‘zbekiston
Simog‘ochga urilgan avtobus haydovchisi ishdan haydalishi mumkin

Qiziq, bularning sababi nima ekan-a? Bizda bu borada bir necha fikrlar bor: balkim, Toshkent avtobuslari Zardo‘shtlik dinini qabul qilgan va ular har oy bitta avtobusni o‘z xudolariga “qurbonlik” qilishadi? Yoki bularning hammasi  -  “Toshshaharyo‘lovchitrans” ning yangi reklama uslubi. Shunday yo‘l bilan ular jamoatchilik fikrini o‘zlariga qaratmoqchi.

Bular “Toshshaharyo‘lovchitrans”ning ko‘zga ko‘ringan muammolaridir. Ya’ni “aysbergning faqat suv ustidagi qismi”.  “Suv ostidagi” muammolar haqida ham ko‘p eshitganmiz. Haydovchilar yo‘l-yo‘lakay telefonda gaplashgani, yo‘lovchilarga qo‘pollik qilgani, jazirama issiqda 20 minutdan odam to‘plagani va ho kazolar.

Umid qilamizki, kattaroq fojea yuz bermasdan, ushbu Davlat tashkilotida (!) kerakli o‘zgarishlar yuz beradi.

Yangiliklar lentasi
0