Shtaynmayer: nemislar sobiq Ittifoq xalqlaridan cheksiz minnatdor

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishGermaniya TIV rahbari F. Shtaynmayer
Germaniya TIV rahbari F. Shtaynmayer - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniya TIV rahbarining so‘zlariga qaraganda, Ikkinchi Jahon urushi dahshatlari va bunda Germaniyaning aybdorligi xotiralarda saqlanib kelingan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Germaniya TIV rahbari Frank-Valter Shtaynmayer Ikkinchi Jahon urushi boshlanganiga 75-yil to‘lgani munosabati bilan "Kommersant" nashrida chop etgan maqolasida, nemislar sobiq Ittifoq xalqlaridan ular yarashish uchun qo‘l uzatishganidan cheksiz minnatdor ekanliklarini ta’kidlab o‘tgan. RIA Novosti xabari asosida.

"Biz, nemislar, xalqimiz nomidan amalga oshirilgan jinoyat va yovuzliklarga qaramay, yarashish uchun qo‘l uzatganliklari uchun rossiyaliklar, ukrainaliklar, beloruslar va sobiq Ittifoqning boshqa xalqlaridan cheksiz minnatdormiz. Qolaversa, urush tufayli orttirilgan fojiali tajriba, zo‘ravonlik va zo‘raki surgun ishlariga qaramay, o‘rtamizda hamkorlik va, hatto, do‘stona munosabatlar o‘rnatilganidan minnatdormiz”, — deb yozadi Shtaynmayer.

Germaniya TIV rahbarining ta’kidiga qaraganda, sobiq Ittifoq xalqlari o‘rtasidagi yo‘qotishlar nafaqat sobiq Ittifoq davlatlarida, balki Germaniyada ham unutilmagan. Shtaynmayerning fikriga ko‘ra, Ikkinchi Jahon urushi dahshatlari hamda bunda Germaniyaning aybi to abad xotiralarda saqlanib qoladi, toki bu Berlin va Moskva o‘rtasidagi yarashish shartlarining ajralmas qismidir.

Urush hodisalari haqida fikr yuritar ekan, Shtaynmayer bugungi kunda Yevropadagi tinchlik va hotirjamlikni faqatgina birgalikda amalga oshiriladigan sa’yi-harakatlar bilangina saqlab qolish mumkinligi haqida ta’kidlab o‘tgan.

Diplomat shuningdek, urush tufayli o‘z hayotini qurbon qilganlar yodi hamisha xotiralarda saqlanib qolishi lozimligi haqida aytib o‘tgan.

Ikkinchi Jahon urushi 1941-yil 22-iyun kuni Germaniyaning Sobiq Ittifoqqa hujumidan boshlangan. Sobiq ittifoq bu urushda 26.6 million aholisini yo‘qotgan.

Yangiliklar lentasi
0