Jamiyat

Yulduz Usmonova SHHTga atab qoʻshiq kuyladi

Internetda Yulduz Usmonovaning SHHT sammitiga atalgan qoʻshigʻi paydo boʻldi.

TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Toshkentda SHHT sammiti ochilish marosimi arafasida internetda Yulduz Usmonovaning SHHTga atalgan qoʻshigʻi paydo boʻldi, Sputnik u bilan youtubeda tanishdi.

Ushbu qoʻshiq Yulduz Usmonovaning shaxsiy tashabbusimi yoki oʻtkazilayotgan muhim tadbir munosobati bilan xonandaga berilgan buyurtmami – hali nomaʼlum, lekin qoʻshiq yuqori saviyada ijro etilgan. Naqoratning SHHT aʼzolari boʻlgan  mamlakatlar oʻzbek, xitoy, rus, qozoq, tojik va qirgʻiz tillarida ijro etilishi ham uning “sifatli” tayorlanganidan dalolat beradi.

Yulduz Usmonova Oʻzbekiston estradasining yorqin yulduzlaridan biri. Turli yoshdagi aholi orasida uning muxlislari koʻp, ayniqsa bir necha yil oldin ijro etilgan qoʻshiqlariga. Oxirgi vaqtlarda, turli sabablar tufayli Yulduz Usmonova katta sahnalarga chiqmay qoʻygan edi. Ehtimol ushbu qoʻshiq tufayli, vaziyat oʻzgarsa…

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala