Dunyoda

Merkel tashqi tahdidlar tufayli Germaniya harajatlarini oshirishni taklif qildi

Mudofaani boshqalarga ishonib topshirib qoʻyish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi, deya bayonot qildi Angela Merkel.

TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Angela Merkel “tashqi tahdidlar”ga chap berish uchun Germaniya sarf-harajatlarni oshirishi lozim boʻladi, deya bayonot bergan. RIA Novosti xabari asosida.

Kantslerning fikricha, Yevropa Ittifoqi “oʻzini tashqi tahdidlardan himoya qilishga qodir emas va Qoʻshma Shtatlar bilan transatlantik hamkorlikka umid qilish bilan cheklana olmaydi”.

"Bugungi kunda Germaniya YAIMning 1,2 foizini mudofaaga sarflaydi. AQShda esa bu koʻrsatkich 3,4 foizni tashkil qiladi. Bu ikki koʻrsatkich oʻzaro yaqin kelishi kerak”, — degan Merkel.

Nemis hukumati rahbari, shuningdek, mudofaani boshqalarga topshirib qoʻyish yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini qoʻshimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala