Almazbek Atambayev O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi etib Doniyor Sidiqov tayinlandi.

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev 22-iyun kuni O‘zbekistonga yangi elchi tayinlash haqidagi farmonni imzoladi.

Qirg‘iziston TIV xabariga ko‘ra, Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib, shu paytga qadar Qirg‘iziston TIV rahbari sifatida faoliyat yuritgan Doniyor Sidiqov tayinlangan.

Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi avvalgi elchisi Emilbek Uzoqboyev 2016-yilning aprelida o‘z missiyasini yakunlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0